Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qo’shtepa tumani hokimligi axborot xizmatining bayonoti
2020-08-10 15:34:45 253
O’zbekiston Milliy axborot agentligining UzA rasmiy kanalida “Qo’shtepa tumani hokimligi qurilish tashkilotlariga to’sqinlik qilmoqda. Nega?” sarlavhali tanqidiy maqola e'lon qilingan edi.
Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.
Farg’ona viloyatida bugungi kunda keng ko’lamdagi bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Xususan, Qo’shtepa tumanida joriy yilda investitsiya dasturi asosida 3 ta maktabgacha ta'lim tashkilotini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Bu bo’yicha tender o’tkazilib, g’olib bo’lgan qurilish tashkilotlari ish faoliyatlarini olib bormoqdalar.
Jumladan “Farg’ona garant loyiha servis” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan “Dehqonobod” mahalla fuqarolar yig’inidagi 5-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida 2 milliard 703 million so’m mablag’ evaziga 120 o’rinli bino bunyod etilmoqda. Shuningdek, “Star” mas'uliyati cheklangan jamiyat tomonidan tumandagi 42-maktabgacha ta'lim tashkiloti filialida qurilish ishlari olib borilmoqda.
Qo’shtepa tumanidagi mutasaddi tashkilotlar tomonidan qurilish ob'yektlarining holati o’rganilganida, quruvchilarni belgilangan karantin qoidalariga amal qilmayotganligi aniqlangan.
Butun dunyoda bo’lgani kabi, O’zbekistonda ham pandemiya davrida faoliyat yuritayotgan sohalar mavjud. Bu sohalarda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning koronavirus infeksiyasini yuqtirib olishdan saqlash maqsadida, bajarilishi shart bo’lgan vaqtinchalik sanitariya qoidalari va me'yorlari ishlab chiqilib, unda tashkilotlar tomonidan pandemiya davrida ishni tashkil etish uchun nimalarga e'tibor berish kerakligi ko’rsatib o’tilgan.
Vaqtinchalik sanitariya qoidalari va me'yorlarida bir necha tadbirlar majmuasi ko’rsatilgan bo’lib, ulardan biri tashkiliy tadbirlar hisoblanadi. Unga ko’ra pandemiya davrida faoliyat ko’rsatayotgan tashkilotlarga tashqaridan infeksiyani olib kirmaslikka qaratilgan talablar belgilanib, yuqoridagi tashkilot quruvchilari belgilangan karantin qoidalariga amal qilishlari kerakligi haqida ogohlantirishlar berilgan.
Mazkur tashkilotlar tarmoqqa noqonuniy ulanganligi (ochiq simlarda) uchun qurilish maydonida xavf tug’dirganligi hisobga olinib, tuman elektr tarmoqlari korxonasi va MIB tomonidan tarmoqdan vaqtincha uzib qo’yilgan.
Xozirda mazkur qurilish ob'yektlarida ishchi-xodimlarning ishga kelib-ketishlarida va ob'yektlardagi ish jarayonlarida to’liq karantin talablariga amal qilinmoqda.
Yuqoridagi tashkilotlar tomonidan elektr energiyasini ulash uchun barcha tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi va tarmoqqa qayta ulanib, faoliyatlari davom ettirilmoqda. Hokimlik tomonidan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga o’z hissalarini qo’shish maqsadida, yuqoridagi tashkilotlarga soliqlarni tuman g’aznasiga to’lash to’g’risida taklif berilgan bo’lib, ushbu taklif tuman hokimligi va yuqoridagi qurilish tashkilotlari ma'muriyati bilan ko'rib chiqilmoqda.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.