Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“Xavfsiz mahalla” shiori asosida profilaktik ishlar olib borilmoqda
2020-08-10 11:27:56 248
Qo’shtepa tumani mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limining xotin-qizlar masalalari bo’yicha o’rinbosari B.Mo’minova va tuman IIB xotin-qizlar masalalari bo’yicha katta inspektori, mayor M.Vaxobova va profilaktika inspektorlari tomonidan “Xavfsiz mahalla” shiori asosida keng qamrovli targ’ibot profilaktik ishlar olib borilmoqda. Karantin qoidalariga qat'iy amal qilgan xolda o’tkazilayotgan ushbu profilaktik ishlar davomida mahalla fuqarolar yig’ini raislari va ularning o’rinbosarlari ham ishtirok etmoqdalar.
Tadbir davomida aholi orasida “Mening mahallamda jinoyat sodir bo’lmasligi kerak” degan tushunchaning mazmun-mohiyatini keng targ’ib etish, jinoyatchilikka qarshi kurash hamda uning barvaqt oldini olish eng muhim omil ekanligi hamda oilaning muqaddas dargohligi yana bir bor tushuntirilmoqda.
Ushbu tadbirlar tumanning Fayz, Shakar, Qo’rg’oncha, Yangiariq, Ko’prikboshi, Shakar, Paxtakor, Garmdon, Borot mahalla fuqarolar yig’inlarida o’tkazilib, ushbu mahallalardagi notinch oilalar bilan profilaktik suhbat o’tkazilib, kelgusida xuquqbuzarlik sodir etilishini oldini olish shuningdek muammolarni bartaraf etish choralari ko’rilmoqda.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.