Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 61 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og’irlashgan oilalar doimo e'tiborda

×

 2020-08-06 22:13:28    213

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yil 6 avgust kuni xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi Oltinchi chaqiriq 15-sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiya ishiga tuman hokimi Ilyosbek Novikov raislik qildi.

Deputatlar 17-Beshkapa saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Saidolimxon Nuriddinovni sessiya kotibligiga sayladilar.

Karantin qoidalariga qat'iy amal qilgan xolda o’tkazilgan sessiyada tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari va siyosiy partiyalar rahbarlari ishtirok etishdi.

Sessiyaning kun tartibiga:

1. Koronavirus pandemiyasi sharoitida ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og’irlashgan oilalarni “Temir daftar” ro’yxatiga qayd etilib, sektor rahbarlari tomonidan alohida nazoratga olingan oilalar ro’yxatiga o’zgartirishlar kiritish to’g’risida.

2. Qo’shtepa tumani “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati jamg’armasiga tushgan mablag’larni maqsadli sarflanishi to’g’risidagi masalalar kiritildi.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan tuman hokimi I.Novikov so’z olib o’zining fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirdi. 

- Muhtaram Prezidentimizning joriy yil 24 aprel kuni karantin davrida aholi bandligini ta'minlash va ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida bergan topshirig’i asosida har bir sektor rahbari tomonidan ehtiyojmand oilalarni qo’llab-quvvatlash daftari - “temir daftar” yuritilishi yo’lga qo’yildi. Sektor kotiblari tomonidan kunlik amalga oshirilayotgan ishlar va “temir daftar”idagi ma'lumotlar saxovat.argos.uz saytiga elektron shaklda kiritilmoqda - deydi tuman hokimi I.Novikov. - “Temir daftar” - bu karantin sharoitida ishsiz, daromadsiz qolgan ehtiyojmand, yordamga muhtoj oilalarning mahallada shakllantirilgan shaffof ro’yxatidir. Mazkur ro’yxatga kiritilgan aholiga sektor rahbarlari tomonidan doimiy ravishda zarur yordamlar ko’rsatilmoqda. Shuningdek, kambag’al aholi qatlamini ehtiyojmandlikdan chiqarish uchun mazkur oilalarga moddiy va ijtimoiy ko’mak berilmoqda.

“Temir daftar”ni yuritishdan asosiy maqsad ehtiyojmand oilalarning yetti toifasi, ya'ni

1) kam ta'minlangan,

2) nogironligi bo’lgan,

3) ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar,

4) yakka-yolg’iz keksalar,

5) doimiy ishsiz fuqarolar,

6) karantin tufayli ishsiz qolgan fuqarolar,

7) og’ir epidemiologik hududlardan qaytarib kelingan fuqarolarni kambag’allikdan chiqarishdir.

I.Novikov bu borada tumanda olib borilayotgan ishlarga batafsil to’xtalib o’tdi.

Darhaqiqat, 2020 yil 10 iyul kungi xalq deputatlari tuman Kengashining o’n uchinchi sessiyasida koronavirus pandemiyasi sharoitida ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og’irlashganligi tufayli “temir daftar”ga kiritilgan 1184 ta oila doimiy daromad manbaiga ega bo’lganligi sababli, ularni “temir daftar”dan chiqarish bo’yicha qaror qabul qilingan edi.

Bugungi sessiyada sektor rahbarlari tomonidan ushbu “temir daftar”dagi turmush tarzi yaxshilanib, doimiy daromad manbaiga ega bo’lgan 550 ta oilalar o’rniga ularning yashash turmush darajasidan past bo’lgan boshqa 550 ta oilalar ro’yxati yangitdan shakllantirilib “temir daftar”ga kiritish taklifi berildi.

Kun tartibidagi 2-masala Qo’shtepa tumani “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati jamg’armasiga tushgan mablag’larni maqsadli sarflanishi yuzasidan tuman hokimining o’rinbosari - tuman mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i Zoxidjon Kamilovning hisoboti va fikr- mulohazalari tinglandi.

Z.Kamilov Qo’shtepa tumani “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati jamg’armasi tomonidan olib borilayotgan xayrli ishlarga va jamg’armaga tushgan mablag’larni maqsadli sarflanayotganligiga batafsil to’xtalib o’tdi.

Sessiya davomida deputatlarning fikr va mulohazalari tinglandi. Kun tartibidagi muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilingach sessiya  o’z ishini yakunladi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.