Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 87 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Deputatlar targ’ibotda

×

 2020-08-03 16:08:24    267

PDF yuklash
Chop etish


Yurtimizda karantin choralari kuchaytirilishi munosabati bilan xalq deputatlari Qo’shtepa tuman Kengashi deputatlari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Deputatlar karantin qoidalariga qat'iy amal qilgan holda o’zlari saylangan okrugda keng jamoatchilikni sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishga chaqirib, keng ko’lamli targ’ibot tadbirlarini olib bormoqdalar.

Aholi o’rtasida koronavirus pandemiyasidan saqlanish, niqobsiz va bemaqsad ko’chaga chiqmaslik, kasallik alomatlari sezilganda zudlik bilan tez yordamga murojat qilinishi tushuntirilmoqda. Qolaversa, deputatlar tomonidan ehtiyojmand va kam ta'minlangan oilalarga Qurbon hayiti kunlari oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. 

Deputatlar tomonidan karantin davrida oziq-ovqat do’konlarida eng zaruriy kundalik ehtiyoj vositalari, oziq-ovqat mahsulotlarining narxini asossiz ravishda oshirib yuborilishini oldini olish maqsadida mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda o’rganish ishlari olib borilib, narx-navolarni asossiz oshirib yuborilishi ustidan qat'iy deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Ushbu targ’ibot tadbirlarida tuman Kengashi deputatlari bilan bir qatorda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Sh.Raximov ham ishtirok etmoqda.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.