Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 134 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Saxovat va muruvvat azaliy qadriyat

×

 2020-08-03 15:17:49    174

PDF yuklash
Chop etish


Ulug’ ayyom - muborak Qurbon hayitida xalqimizning ezgulik va insonparvarlik, mehr-shafqat kabi buyuk fazilatlari yanada yorqin namoyon bo’ldi.

“Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” Prezident Farmoni (PF-6038-son, 30.07.2020 y.) qabul qilinishi bilan ezgu ishlar ko’lami yanada kengaydi.

Avval xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig’iga asosan, “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan Qo’shtepa tumanidagi ehtiyojmand va kam ta'minlangan 705 nafar oilalarga besh yuz ming so’mdan moddiy yordam berildi.

Ushbu xayrli amallar barayram kunlari ham Qo’shtepa tumanida davom etdi. Mahallalar kesimida 677 nafar ehtiyojmand va kam ta'minlangan oilalarga 5 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy niqoblar yetkazib berildi.

Sahovat va muruvvat yurtimizda azaldan yuksak qadriyat hisoblangan. Yordamga muhtoj insonlarga ko’maklashish, ularning xolidan xabar olish barchamizning insoniy burchimizdir. Bunday beg’araz yordam 1-sektor hududidagi 183 ta xonadonga ham kirib bordi. Bayram kunlari tuman hokimi I.Novikov 1-sektor hududidagi ehtiyojmand va kam ta'minlangan oilalar xolidan xabar oldi va ularga tuhfalarni topshirib, bayram bilan tabrikladi.

Shuningdek, sektor rahbarlari ham o’z hududlaridagi ehtiyojmand va kam ta'minlangan oilalar holidan xabar olib, ushbu oziq-ovqat mahsulotlarini o’z egalariga yetkazdilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.