Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Xayru-saxovat tadbirlari davom etmoqda
2020-07-30 23:03:34 240
Bugun arafa kuni. Qurbon hayiti arafasida xayru-saxovat qilish, muhtojlarga mehr-oqibat, insonparvarlik yordami ko’rsatish singari azaliy an'ana va qadriyatlarimiz, xalqimizning qon-qoniga singib ketgan ezgu amallar davom etmoqda.
Vazirlar Mahkamasining kecha qabul qilingan farmoyishiga ko’ra, Inqirozga qarshi kurashish jamg’armasi mablag’lari hisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga jami 150 milliard so’m, jumladan Farg’ona viloyati uchun 10 milliard so’m ajratildi.
Qurbon hayiti bayrami oldidan ushbu moddiy yordam pullari ehtiyojmand oilalarga tarqatildi.
Jumladan, Qo’shtepa tumanidagi 705 nafar oila ham ana shu yordamdan bahramand bo’ldi. Ularga besh yuz ming so’mdan pul tarqatildi.
Tuman hokimi I.Novikov 1-sektor hududidagi mahallalarda bo’lib, ehtiyojmand oilalarning xolidan xabar oldi. Ularni Qurbon hayiti bilan tabrikladi. Bugun 1-sektor hududidagi 188 ta ehtiyojmand oilalarga ajratilgan pul mablag’lari o’z egalariga topshirildi.
Shuningdek, sektor rahbarlari ham o’z hududlaridagi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olib, ushbu moddiy yordam pullarini egalariga yetkazdilar.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.