Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DEPUTATLAR TARG’IBOTI

×

 2020-07-29 16:07:28    116

PDF yuklash
Chop etish


Butun dunyoda, qolaversa, mamlakatimizda ham tahlikali holatni yuzaga keltirgan koronavirus kasalligiga qarshi kurashish maqsadida joylarda targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borish jamiyatimizning barcha faollarining burchiga aylandi.

So’nggi kunlarda ayrim hududlarda aholi orasidan koronavirus infeksiyasiga chalinganlarning uchrayotgani siz-u bizdan yana-da hushyor bo’lib, karantin qoidalariga qat'iy amal qilish lozimligini ko’rsatmoqda.

Yurtimizda karantin choralari kuchaytirilishi munosabati bilan Xalq deputatlari Qo’shtepa tuman kengashi deputatlari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Deputatlar o’zlari saylangan okrug aholisi o’rtasida manzilli va uyma-uy targ’ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish bilan birgalikda karantin davrida oziq-ovqat hamda dori-darmon, antiseptik vositalar, tibbiy niqoblar yetarliligini monitoring qilmoqdalar. Shu bilan birga davlat sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan olib borilayotgan dezinfeksiya qilish ishlari bilan ham tanishmoqdalar.

Deputatlar tomonidan karantin davrida oziq-ovqat do’konlarida eng zaruriy kundalik ehtiyoj vositalari, oziq-ovqat mahsulotlarining narxini asossiz ravishda oshirib yuborilishini oldini olish maqsadida mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda o’rganish ishlari olib borilib, narx-navolarni asossiz oshirib yuborilishi ustidan qat'iy deputatlik nazorati amalga oshirildi.

Aholi o’rtasida koronavirus pandemiyasidan saqlanish, niqobsiz va bemaqsad ko’chaga chiqmaslik, kasallik alomatlari sezilganda zudlik bilan tez yordamga murojat qilinishi tushuntirilmoqda.

Bugungi targ’ibot tadbirlarida tuman kengashi deputatlari Sh.Sharopov va A.Nabiyevlar bilan birga O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Sh.Raximov ham ishtirok etdi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati