Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Davlat tili sohasidagi muhim qadam

×

 2020-07-29 11:26:01    460

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi “O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqyeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5850-sonli farmoni hamda  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 yanvardagi “Mamalakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 34-sonli qarori ijrosi bo’yicha mamlakatimizda davlat tili sohasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining bir guruh olimlari tomonidan, “O’zbek tilining izohli lug’ati” nashrdan chiqarildi. Bu o’z navbatida, bugun tilimizning sofligini saqlash, uning lug’at boyligini oshirish, barcha sohalarda zamonaviy atamalarning o’zbekcha muqobillarini yaratish, bir xil qo’llanilishini ta'minlashga doir bir qator amaliy tadbirlar, muhim qarorlar qabul qilinishi uchun dasturil amal bo’lib xizmat qiladi.

Shuningdek, O’zbekistonlik tilshunoslar tomonidan chet ellik fuqarolarga, o’zbek tilining boshlang’ich darajasini o’rgatuvchi, yangi “O’zbekona” darsligi ishlab chiqildi. Qo’llanma, horijiy tilni egallashni umumevropa kompetensiyalari tizimiga asosan, A 1 darajani egallash imkonini beruvchi darslik bo’lib,  9 ta bo’lim, 3 ta nazorat bloki, audiolar va qo’shimcha material kabi qismlardan iborat.

Davlat tilida ish yuritish bo’yicha yana bir muhim voqye'lik arafasidamiz. Joriy yilning 1 avgustidan Davlat tilida markirovkalanmagan tovarlarga muvofiqlik sertifikati berilmaydi. Bu haqda Prezidentimiz tomonidan imzolangan, 2018 yil 29 iyundagi «O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi

PQ-3818-son qaroriga qo’shimcha kiritish to’g’risida»gi 2020 yil 11 fevraldagi PQ-4594-sonli  qarorida  ko’rsatib o’tilgan. Jumladan, mazkur qarorning 3-bandi, to’rtinchi xatboshisida, shunday jumlalar mavjud:

- 2020 yil 1 avgustdan  boshlab Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro’yxat bo’yicha import qilinadigan iste'mol tovarlarining ayrim turlari (iste'mol qadoqlariga ega bo’lmagan tovarlardan tashqari) ishlab chiqaruvchi tomonidan O’zbekiston Respublikasining davlat tilida (lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida) markirovka qilinmagan taqdirda, mazkur tovarlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish taqiqlanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno».

Ko’rinib turibdiki, Prezidentimizning mazkur qarori, o’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish, unga nisbatan milliy g’urur hissini tarbiyalash, tilimizning xalqaro mavqye'ini mustahkamlash bo’yicha e'tiborli jihatlarni o’zida ifodalaydi. Bu o’z navbatida, malakatimizda davlat tilida ish yuritishni takomillashtirish bo’yicha yana bir muhim qadam sanaladi.

U. Xolmatov,

tuman hokimining ma'naviy-ma'rifiy

ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili

to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etish

masalalari bo’yicha maslahatchisi.