Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo’shtepa tumani hokimligi axborot xizmatining bayonoti

×

 2020-07-27 15:35:01    110

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Ko’chamiz joriy yil may oyida asfalt qilinishi kerak edi...”  sarlavhali axborot tarqatildi.

Unda jumladan shunday deyiladi:

“Farg’ona viloyati Qo’shtepa tumani Mirishkor ko’chadan yozyapmiz. Ko’chamiz 2020 yil may oyida dastur asosida asfalt qilinishi kerak edi, ammo ta'mirdan darak yo’q...”

Ismi-sharifi va mahalla fuqarolar yig’ini aniq ko’rsatilmay, Mirishkor ko’chasidan yo’llangan ushbu shikoyat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Qo’shtepa tumani hududidagi mahalliy hokimlik balansida bo’lgan tuman posyolka ichki yo’llarni 2020 yilda mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan joriy ta'mirlash ishlari bo’yicha manzilliy ro’yxatga Quvurboshi MFYdagi Mirishkor ko’chasining 100 metr qismi kiritlgan bo’lib, “COVID-19” pandemiyasi tufayli ta'mirlash ishlari kechiktirildi.

Xozirgi kun xolatiga ko’ra, manzilliy ro’yxatga kiritilgan ko’chalarning ta'mirlash ishlari alohida tanlovga qo’yilib, pudratchilar aniqlanib shartnomalar tuzilmoqda.

Quvurboshi MFYdagi Mirishkor ko’chasining ta'mirlash ishlari 2020 yil avgust oyining oxiriga rejalashtirilganligini, ushbu ishlar tuman Obodonlashtirish boshqarmasi nazoratida pudratchilar tomonidan amalga oshirilishini ma'lum qilamiz.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.