Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’Z DEPUTATLARGA

×

 2020-07-21 16:44:00    132

PDF yuklash
Chop etish


Deputat - xalqning ishongan vakili. U xalq nomidan gapiradimi, demak o’zi ham shu xalqqa munosib bo’lishi kerak. Jamiyatda izlanuvchan, fidoyi bo’lmagan deputat bilan hyech qanday yutuqqa erishib bo’lmaydi. Shu sababli deputatlikni ikki karra mas'uliyat deb qabul qilish darkor. Saylovda ovoz bergan insonlarning tanlovda adashmaganliklarini isbotlash uchun deputatlarimiz xalqimiz farovonligi yo’lida qanday mehnat qilmoqdalar? Bugungi deputat talabchan bo’lish bilan birga, odamlar tashvishi bilan ham yashashi kerak.

“So’z deputatlarga” rukni ostida deputatlarimizning faoliyatlari bilan tanishtirib borishga harakat qilmoqdamiz.

Bugun 30 - Garimdon saylov okrugidan tuman Kengashiga saylangan deputat, O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Qo’shtepa tuman kengashi raisi Tolibjon Xasanovning fikr mulohazalari bilan tanishamiz.

 

Deputatlar faoliyatidan xalq rozi bo’lishi lozim


Bugungi kunda O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan deputatlarimiz ishini samarali tashkil etish, ularning faoliyatini jonlantirish kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bo’lib turibdi.

Deputatlarimiz faoliyatidan xalq rozi bo’lishi lozimligi, endilikda ulardan faollashuv va dadillik talab qilinayotgani hyech birimizga sir emas.

Deputat - xalq vakili. Shu bois u, eng avvalo, saylovchilar bildirgan yuksak ishonchni oqlashi lozim. Buning uchun esa deputat doimo el-yurt tashvishi bilan yashashi, xalqqa qayishishi, ularning muammolari yechimini topishga yaqindan ko’maklashishi zarur.

Shuni alohida ta'kidlashim lozimki, 2019 yil saylovoldi jarayonlarda O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tuman kengashi tomonidan deputatlikka munosib nomzodlar tanlab olindi. Natija esa shunga yarasha bo’ldi.

Darhaqiqat, bugun xalq vakili bo’lish deputatdan juda katta mas'uliyat va tashabbusni talab etadi. Ayniqsa, tuman Kengashi deputatlari o’zlari saylangan okrug hududidagi ijtimoiy, iqtisodiy muammolarni chuqur o’rganib chiqishlari, ushbu hududni rivojlantirish bo’yicha tuman hokimligi tomonidan qabul qilingan dasturning ijrosini ta'minlash yuzasidan jamoat nazoratini kuchaytirishi kerak. Chunki, har bitta mahallada aholini hayot tarziga salbiy ta'sir ko’rsatayotgan muammolar mavjud va ulardan biz ko’z yumib ketaversak, bu masalalar hyech qachon o’z yechimini topmaydi. Bular maktabgacha yoki maktab ta'limi, tibbiy xizmat, elektr, gaz, suv ta'minoti, yo’l nosozligi va boshqa masalalarga doir bo’lishi mumkin. Bu masalalar bo’yicha har bir tuman Kengashi deputatining qo’lida yo’l xaritasi bo’lishi kerak.

Darhaqiqat, saylovoldi uchrashuvlarda saylovchilarni o’zimizning dasturlarimiz bilan tanishtirganmiz. Har bir nomzodni “Agar deputat bo’lib saylansam” deya, o’z oldiga qo’ygan maqsadlaridan saylovchilarni boxabar etgani ham hyech kimga sir emas. Shuning uchun ham deputat o’zi saylangan hududdagi xalq bilan yaqin hamkorlikda faoliyat yuritib, ularning muammolarini o’rganib, bartaraf etish choralarini ko’rish uchun harakat qilib borishi kerak. Men ham 30 - Garimdon saylov okrugidan xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan deputat sifatida saylovchilar bilan yaqin muloqot o’rnatishga harakat qilib kelmoqdaman.

Saylovoldi dasturimni O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo’ljallangan saylovoldi dasturiga asosan tuzganman va “Biz uchun eng muhimi - xalqimiz farovonligi va O’zbekistonning yorqin kelajagidir!”

Saylovdan so’ng hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni har tomonlama o’rganib chiqdim. Mahallaning faollari va oqsoqollari bilan maslahatlashib, mutasaddi tashkilotlarga muammolarni hal etish uchun deputatlik so’rovlari kiritdim. Nafaqat men, balki partiyamizdan saylangan barcha deputatlar mahalla bilan hamkorlik asosida ish olib bormoqdalar. Chunki, deputat sifatida hududdagi ijtimoiy muammolarni o’rganib borib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etib borish, hududning obod va ko’rkam, turli qonunbuzilish holatlaridan xoli bo’lishiga erishish asosiy maqsadimiz sanaladi.

Quvonarlisi shundaki, O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan mahalliy Kengash deputatlari bugun joylardagi mavjud muammolarni hal etish, saylovchilar va elektorat vakillari bildirgan ishonchni oqlash masalalariga asosiy vazifa sifatida qarab kelmoqdalar.

Yuqorida ta'kidlab o’tganimdek, Garimdon mahallasining faollari va oqsoqollari bilan maslahatlashib, mutasaddi tashkilotlarga ushbu muammolarni hal etish uchun deputatlik so’rovlari kiritdim. Ushbu so’rovlarni ijobiy hal etilgani ham nazoratda turganlari ham bor.

Shu kungacha mahalladagi ichimlik suvi, elektr ta'minotida bo’layotgan muammolarni o’rganib, saylovchilarga amaliy yordam berdik.

Hozirgi karantin sharoitida ehtiyojmand va kam ta'minlangan oilalarga “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati tomonidan ko’rsatilayotgan moddiy yordamlarni o’z egalariga yetib borishini ham nazoratga olganmiz. Qolaversa, bunday oilalarga imtiyozli kredit olishda, issiqxona qurishda amaliy yordam berildi. Pandemiya sharoitida aholi tomorqalarining bo’sh qolmasligi borasida muntazam tavsiyalar berildi. O’rni kelganida o’z yordamimizni berib, targ’ibot ishlarini olib bormoqdamiz.

Koronavirus pandemiyasi davrida mahallada dezinfeksiya ishlari olib borilib, tibbiyot maskalari tarqatildi. Karantin davrida mahalladagi oziq-ovqat do’konlari va dorixonalarda odamlarning birlamchi ehtiyoji uchun zarur bo’ladigan mahsulotlar hamda dori vositalari, tibbiy niqoblar bilan yetarli darajada ta'minlanganligini nazorat qilib, narx-navolar bilan muntazam tanishib bormoqdamiz.

Xulosa o’rnida shuni aytmoqchimanki, xalqning ishonchli vakili bo’lishning ham o’ziga xos mas'uliyatlari va majburiyatlari bor. Ularni qalb amri va vijdon talabi bilan bajarganlar xalq e'zoziga sazovor bo’laveradilar.

Tolibjon Xasanov,

Xalq deputatlari tuman kengashi deputati.