Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Uyda qoling! Sanitariya va karantin qoidalarini buzmang! Aks holda...
2020-07-18 17:27:01 204
Sanitariya va karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralari
Karantinli va inson uchun xavfli bo’lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo’lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo’lish
· BHMning 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi
Sanitariya qonun hujjatlarini, sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzganlik uchun:
· fuqarolarga BHMning bir baravaridan 3 baravarigacha;
· mansabdor shaxslarga 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi .
Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun:
· fuqarolarga 4 million 460 ming so’madan 6 million 690 ming so’mgacha;
· mansabdor shaxslarga esa 6 million 690 ming so’mdan 11 million 150 ming so’mgacha miqdorda jarima solinadi.
Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, odamlarning OMMAVIY KASALLANISHIGA olib kelsa:
· BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solish;
· 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
· 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
· 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
· 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, ODAMning o’limiga sabab bo’lsa
· 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
· 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
· 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, ODAMLARning o’limiga sabab bo’lsa:
7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Qo’shtepa tuman adliya bo’limi.