Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qo’shtepa tumani hokimi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xolidan xabar oldi
2020-07-17 17:32:25 192
«Saxovat va ko’mak» umumxalq harakati davlatimiz va xalqimiz qudratining amaliy namoyoniga aylanishiga ishonaman», - deb davlatimiz rahbari videoselektor yig’ilishida ta'kidlagan edilar. Joriy yilning 20 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig’ilishida “Sahovat va ko’mak” umumxalq harakatini tashkil etish bo’yicha topshiriq bergan edilar.
Qo’shtepa tumanida ham "Saxovat va ko’mak" umumhalq harakati doirasida o’ta nochor va yordamga muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilmoqda.
Bugun tuman hokimi I.Novikov 1-sektor hududiga kiruvchi mahallalarda bo’lib, kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va yolg’iz keksalarning xolidan xabar oldi. I.Novikov tomonidan "Saxovat va ko’mak" umumhalq harakati doirasida 36 ta kam ta'minlangan oilalarga 12 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari jamlamasi yetkazib berildi.
Xulosa o’rnida aytadigan bo’lsak, insondan mehr-muruvvat yaxshilik qoladi. Sinovli kunlarda barchamiz birlashib yelkama-yelka harakat qilsak, barchasini yengib o’tamiz. Bu kabi saxovat tadbirlari tumanimizning barcha sektor rahbarlari tomonidan muntazam o’tkazib kelinmoqda. Zero, xalqni rozi qilish, har bir rahbarning birinchi vazifasiga aylangani uchun odamlar sinovlarni yengib, har bir qilinayotgan yordamlardan rozi bo’lmoqda.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati