Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 117 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Davlat fuqarolik xizmati to’g’risida bilasiz?

×

 2020-07-17 13:39:15    245

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi «Davlat fuqarolik xizmati to’g’risida"gi qonun loyihasini e'lon qildi.

Qonun loyihasiga berilgan tushuntirishda qayd etilishicha, mazkur loyiha davlat fuqarolik xizmati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, davlat xizmatchilarining kasbga oid sifatlari va alohida xizmatlarini ob'yektiv hamda adolatli tanlov asosida xizmat pog’onalari bo’yicha o’sish kafolatlarini o’rnatish, davlat fuqarolik xizmatiga kirish, o’tash va tugatish jarayonlarini tartibga solish, davlat fuqarolik xizmatchilarini kasbga layoqatliligini va professionalligini o’sishida shart-sharoitlar yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.

Qonun 11 ta bob va 75 ta moddadan iborat. Unda, jumladan, prezident va Vazirlar Mahkamasining davlat xizmati sohasidagi vakolatlari, davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi, davlat xizmati tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha choralar (manfaatlar to’qnashuvi, daromadlar, mol-mulk va yirik xarajatlarning deklaratsiya qilinishi), davlat xizmatchilari guruhlari va toifalari va boshqalar belgilab berildi.

Qonunga ko’ra, davlat xizmatchisi kasbga oid sifatlari va alohida xizmatlarini ob'yektiv va adolatli baholash asosida xizmat pog’onalari bo’yicha o’sish (meritokratiya), xizmat yuzasidan rahbariyatga o’zining shaxsiy fikrini bildirish, o’zi faoliyat yuritayotgan davlat organi yoki tashkiloti faoliyatini takomillashtirishga oid takliflarni berish, rahbarlar, boshqa mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan sha'ni va qadr-qimmatining hurmat qilinishi va boshqa huquqlarga ega.

Davlat xizmatchisi unga yuklatilgan xizmat vazifalarini vijdonan bajarish, manfaatlar to’qnashuvining oldini olish, davlat fuqarolik xizmatining nufuzini tushirishga olib keluvchi yoki davlat fuqarolik xizmatchisi o’z xizmat vazifalarini vijdonan bajarishga shubha tug’diradigan har qanday harakatlardan o’zini tiyish, shuningdek, har yili o’zining daromadlar, mol-mulk va katta miqdordagi xarajatlar to’g’risidagi, shuningdek oila a'zolarining daromadlar, mol-mulk va katta miqdordagi xarajatlari to’g’risidagi deklaratsiyasini taqdim qilishga majbur.

Davlat fuqarolik xizmatiga nomzodlar davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirish vaqtida o’zi va oila a'zolarining daromadlari, mol-mulki va ko’p miqdordagi xarajatlari to’g’risida deklaratsiya topshirishlari shart. Deklaratsiya topshirilganligi haqidagi ma'lumotlar nomzodning davlat fuqarolik xizmatiga kirishidan oldin kadrlar bo’linmalari tomonidan tekshiriladi.

Davlat organi va tashkilotida davlat fuqarolik xizmatini o’tayotgan davlat fuqarolik xizmatchilariga besh kunlik ish haftasi va ikki kunlik dam olish kunlari belgilanadi. Agar davlat fuqarolik xizmatining xarakteri va sharoitlaridan kelib chiqib, besh kunlik ish haftasini o’rnatishning iloji bo’lmasa, ichki mehnat tartibi qoidalari bilan ish haftaning normal davomiyligi haqidagi mehnat qonunchiligida belgilangan talablarga amal qilgan holda olti kunlik ish haftasi belgilanishi mumkin.

Davlat fuqarolik xizmatchilari mehnatiga haq to’lash quyidagi to’lovlarni nazarda tutadigan davlat fuqarolik xizmatchilari mehnatiga haq to’lashning unifikatsiya qilingan tizimi asosida amalga oshiriladi:

-   bazaviy lavozim maoshi;

-   malaka darajasi uchun to’lovlar;

- davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati samaradorligi asosiy ko’rsatkichlariga erishilishi va ish beruvchi tomonidan belgilanadigan ularning faoliyatini baholashning boshqa mezonlaridan kelib chiqib hisoblanadigan shaxsiy ustama haqlari.

«Davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnatiga haq to’lash xizmat vazifalarini so’zsiz va to’liq bajarilishi, davlat organlari va tashkilotlarini barqaror va salohiyatli kadrlar bilan ta'minlash, ularning halol, tashabbuskor va samarali mehnatini rag’batlantirish uchun yetarli moddiy sharoitlarni ta'minlashi lozim», - deyiladi qonunda.

Qo’shtepa tuman adliya bo’limi.