Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 103 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Karantin qoidalarini buzayotganlar aslida kimligini fosh etmoqda

×

 2020-07-16 15:13:51    139

PDF yuklash
Chop etish


Bugun har bir fuqaro zimmasidagi mas'uliyatni teran his etib, karantin sharoitida joriy qilingan tartib-qoidalarga qat'iy rioya qilishi lozimdir.

Belgilangan normalardan chetga chiqishga na huquqiy, na ma'naviy jihatdan hyech kim haqli emas.

Tumanimizda olib borilayotgan targ’ibot tadbirlarida fuqarolar jamoat joylarida niqobsiz yurmaslikka, yosh bolalarni ko’chaga olib chiqmaslikka, zarurat bo’lmaganda ko’chaga chiqmaslikka, gavjumlashmaslikka chaqirilmoqda.

Achinarlisi shundaki, karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda. Afsuski, bugungi murakkab va tahlikali, xalqimiz uchun sinovli kunlarda, jiddiy ogohlantiruvlarga qaramay, karantin qoidalarini buzayotgan, jamoat joylarida tibbiy niqobsiz yurganlar va bemaqsad ko’cha “sayriga” chiqadiganlar ham uchrab turibdi.

Joriy yilning 14 iyul kuni tuman IIB YHX bo’limi inspektorlari hamda Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi xodimlari tomonidan hamkorlikda Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inida avtotransport vositalarining harakatini cheklov tartiblari nazorat etildi. Nazorat davomida avtotransport vositalarida maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishiga belgilangan muayyan vaqtlarga (07:00 dan - 10:00 gacha, 17:00 dan - 20:00 gacha) amal qilmagan 4 nafar avtotransport haydovchilaridan tushuntirish xatlari olinib, taransportlar jarima maydoniga tortildi. Jamoat joylarida tibbiy niqobsiz harakatlangan 4 nafar fuqaroga nisbatan MJtKning 53 moddasi 1-qismi bo’yicha jarima jazosi tayinlandi.

Aynan shu kuni, epidemiyaga qarshi kurashish qoidalarini buzganligi sababli, O’zbekiston Respublikasi MJtK ning 54-moddasiga asosan, 50 nafar fuqaroga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Ha, nima ham derdik, karantin qoidalari barcha uchun barobardir. Uni buzayotganlar esa albatta jazolanadi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.