Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Yong’in xavfsizligi qoidalariga amal qiling!
2020-07-16 09:37:09 208
Aziz hamyurtlar, hurmatli qo’shtepaliklar! O’zingiz va yaqinlaringiz hayotini, uy-joyingiz hamda mol-mulkingizni asrash maqsadida quyidagi yong’in xavfsizligi qoida talablariga amal qiling:
- Uyingizda yonib turgan gaz va elektr asbob uskunalarini nazoratsiz qoldirmang;
- Nosoz gaz va elektr asbob uskunalaridan foydalanmang;
- Isitish pechi va o’choqlarga olov oldirish uchun benzin, kerosin, solyarka kabi tez alanga oluvchi vositalardan foydalanmang;
- Gazni rezina shlang ulab ishlatmang;
- Gazni yoqishdan oldin gugurtni yoqib, so’ngra gaz jo’mragini asta-sekin oching;
- Isitish pechi va uning mo’risining nosoz joylarini o’z vaqtida ta'mirlang;
- Isitish pechi mo’rikonlarini binoning yog’och qismidan 38 sm.dan kam bo’lgan masofada o’rnatmang;
- Uyingizni qo’shni imoratlari chordog’i bilan tutashgan joylariga yong’inga qarshi devor o’rnatishni unutmang;
- Isitish pechini yuqori darajada qizdirib yubormang, ularning yaqinida mebel va boshqa tez yonadigan buyumlarni qo’ymang;
- Isitish pechini o’rnatish uchun maxsus ustalarni chaqiring;
- Nostandart va qo’lbola saqlagichlardan (predoxranitel) hamda vaqtincha o’tkazilgan simlardan foydalanmang;
- Elekt simlarining uzulgan va ishdan chiqqan qismlarini tezda sozlang yoki almashtiring;
- Ikki va undan ortiq elektr asboblarini bir vaqning o’zida ishlatmang;
- Elektr simlarini burama yoki qattiq tortilgan holda o’tkazmang;
- Qo’lbola yasalgan elektr asboblaridan va gazga moslashtirilgan isitish vositalaridan foydalanmang;
- Yoqilgan isitish pechi, gaz va elektr asboblarini qarovsiz qoldirmang, ularni yosh bolalar ixtiyoriga topshirmang;
- Yosh bolalarga isitish pechi, gaz gorelkalari va o’choqlarga o’t yoqishni buyurmang;
- Yosh bolalarni gugurt va olov bilan o’ynashlariga yo’l qo’ymang va ularni qarovsiz qoldirmang;
- Qozonda dog’ qilayotgan yog’ni nazoratsiz qoldirmang;
- O’rinda yotib sigareta chekmang;
- Tom va chordoqlarda xashak va boshqa tez yonuvchan narsalarni saqlamang;
- Uydan chiqishdan oldin gaz va elekt uskunalarini (plita, dazmol, televizor va boshqalar) o’chirilganligini tekshirib chiqing;
- Aholi yashash uylarida yengil tez alangalanuvchi yoqilg’i mahsulotlari og’zi maxkam yopiladigan temir idishlarda saqlansin va 20 litrdan ortiq benzin hamda 5 litrdan ortiq moy mahsulotini saqlash qat'iyan ma'n etiladi;
- Ko’p qavatli uylarning xonadonlarida yengil tez alangalanuvchi yoqilg’i mahsulotlari saqlash taqiqlanadi;
- Yong’in sodir bo’lganda zudlik bilan “101” yoki 73-422-60-08 raqamlari orqali tuman Yong’in-qutqaruv qismiga xabar bering. Qo’shtepa tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi tumanimiz fuqarolaridan yuqoridagi oddiy bo’lgan yong’in xavfsizligi qoida talablariga amal qilishingizni va xar doimo yodda tutishingizni so’rab qoladi.
R.Axmadjonov,
Qo’shtepa tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi PvaNB inspektori.