Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Mutaxassis qayg‘uradi
2020-07-14 14:04:59 197
Karantin talablariga rioya etmaslik qimmatga tushyapti
Keyingi paytlarda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish holatlari tez-tez uchrab, o’lim holatlari ham ko’payganidan xabar-dorsiz. Nega shunday bo’ldi? Boisi, fuqarolar karantin talablariga rioya etishda o’ta beparvolik qilishdi. Bozorlar, odamlar gavjum joylarda ijti-moiy masofa saqlamadilar. To’y va boshqa marosimlarda belgilangan marom-larga rioya etmadilar. Bu, Respublika maxsus komissiyasining 10 iyuldan 1 avgustgacha yana qaytadan karantin cheklovlarini joriy etishiga sabab bo’ldi.
10 iyuldan boshlab respublika bo’yicha avtotransport vositalari harakatlari cheklandi. Madaniy ko’ngilochar, to’y va boshqa marosimlar, ommaviy tadbirlar o’tkazish taqiqlandi. Park va istirohat bog’lari faoliyati to’xtatildi. Buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shug’ullanuvchi yirik do’konlar yopildi. Sport zallari, fitnes klublari, trenajyor va basseynlar, barcha turdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari, o’quv kurslari, har qanday to’garaklar faoliyati to’xtatildi. Sanatoriy va pansionatlar, bolalar oromgohlari ishlamaydi. Yoshi ulug’lar, oltmish besh yoshdan oshgan shaxslarning jamoat joylarida yurishi, ko’chalarda uch kishidan ortiq bo’lib harakatlanish cheklab qo’yildi.
Karantin cheklovlari doirasida tumanimizda ham uchta joyda postlar tashkil etilib, ularga markazimiz zararsizlantirish bo’limi xodimlari biriktirildi. Ular tuman hududiga avtotransport vositalarini dezinfeksiya qilib o’tkazmoqdalar. Tuman aholi bandligiga ko’maklashish markazi bilan hamkorlikda barcha mahalla fuqarolar yig’inlariga jamoatchilik asosida ishchilar olinib, joylarda zararsizlantirish tadbirlari o’tkazilyapti. Davolash profilaktika muassasalariga epidemiolog vrachlar biriktirilib, ular isitmali bemorlar, chetdan kirib kelgan fuqarolar bo’yicha profilaktik nazorat olib boryaptilar.
Aziz hamqishloqlar, xalqimizda asranganni Alloh ham asrar, degan gap bor. Siz karantin qoidalariga amal qilib, o’zingizni asrasangiz, unutmang, yaqinlaringizni, hamkasblaringizni, atrofingizdagilarni, butun yurtimizni asragan bo’lasiz. Zarurat bo’lmaganda ko’chaga chiqmaganingiz ma'qul.
Ishga borishda karantin qoidalariga qat'iy amal qilib, niqob, qo’lqop, iloji bo’lsa, ko’zoynak taqing. Uyga qaytganda qo’lingizni kamida 20 soniya sovunlab yuvib, kiyimlaringizni almashtirib, yuvishga tashlang.
Telefon va boshqa buyumlaringizni antiseptik vositalar bilan tez-tez artib turing.
Ilhomjon MADUMAROV,
tuman Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bosh hakimi.