Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 96 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo’shtepa tumani hokimi o’rinbosari - mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i Z.Kamilovning tuman aholisiga MUROJAATI:

×

 2020-07-14 13:18:57    289

PDF yuklash
Chop etish


Kuch birlikda - birgalikda yengamiz!

Hurmatli Qo’shtepaliklar!

Dunyoda koronavirus pandemiyasi davom etmoqda, jumladan yurtimizda ham. Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida joriy yilning 8 iyul kuni o’tkazilgan videoselektorda "Bu juda murakkab sinov va og’ir kurashda ko’p narsa o’zimizga bog’liq" deya ta'kidlab o’tildi.

Hurmatli tumandoshlar!

Sizlardan maqsadsiz tashqariga chiqmaslik, shaxsiy gigiyenaga to’la rioya etish (qo’l va yuzlarni tez-tez yuvib turish) doimiy ravishda tibbiy niqoblardan foydalanish, qo’l berib ko’rishmaslik, uy va xonadonlarni toza-ozoda saqlash va dezinfeksiya qilib turish, iloji boricha uydan chiqmaslik talab etiladi. Besabr bo’lsak, qoidalarga rioya etmasak, bu barchamizga zarar bo’ladi, faqat qat'iyat va qattiq intizom bilangina bu pandemiya balosini yengib o’tamiz.

Aziz fuqarolar!

Karantinni yana qat'iylashganini to’g’ri tushunib, bunga har birimiz holisona baho berib, karantin tartib qoidalariga to’liq amal qilib, sabrli bo’lsak, bu pandemiya balosini albatta yengib o’tamiz!

Z.Kamilov,

Qo’shtepa tumani hokimi o’rinbosari - mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i.