Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 94 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Koronavirusni yuqtirib olish xavfi eng yuqori bo’lgan joylar ma'lum bo’ldi

×

 2020-07-14 13:07:40    226

PDF yuklash
Chop etish


Koronavirus tarqalishi tufayli ilgari kiritilgan ba'zi cheklovlarning bekor qilinishi bilan kasallikni yuqtirib olish xavfi yuqori bo’lib turibdi.

Rossiyaning «Izvestiya» nashriga intervyu bergan ayrim mutaxassislar koronavirusni yuqtirib olish xavfi eng yuqori bo’lgan joylarni ma'lum qilishdi.

Mutaxassislarning xulosasiga ko’ra, yomon shamollatish tizimiga ega xonalar eng xavfli joy sifatida ma'lum qilindi.

«Agar havo kam aylansa, har qanday yopiq joy xavf tug’dirishi mumkin», - deydi Moskva fizika va texnologiya institutining gen muhandislik laboratoriyasi boshlig’i Pavel Volchkov.

Keyingi shunday joylar sirasiga jamoat transporti hamda navbatlar qayd etildi. Bu joylarda odamlar uzoq payt bir-birlariga yaqin turadi va infeksiya yuqish xavfi oshadi.

«Koronavirusni yuqtirib olish xavfi eng yuqori joy tig’iz vaqtdagi jamoat transporti bo’lishi mumkin. Shuningdek, navbat ko’payib boradigan do’konlar va dorixonalar ham xavfli joylar bo’lishi mumkin», - deydi Ye.I. Marsinovskiy nomidagi Tibbiy parazitologiya, tropik va vektorli kasalliklar instituti direktori Aleksandr Lukashev.

Shuningdek, ana shunday xavf yuqori joylar qatoriga bar, restoran hamda karaoke klublari ham kiritildi.

Shuningdek, mutaxassislar tish shifokori, stadion, diniy muassasalarga borishda ham ehtiyot bo’lishni tavsiya etishmoqda. Negaki, ayrim hududlarda karantin choralari yumshatilgach odamlar niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash kabi qoidalarga rioya qilmay qo’yishdi.