Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 94 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo’shtepa tumanida karantin choralari bo’yicha targ’ibot kuchaytirilmoqda

×

 2020-07-13 09:57:19    241

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov hamda sektor rahbarlarining sa'y-harakati bilan tumanda karantin qoidalarini ta'minlash, fuqarolar o’rtasida targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borish bilan bog’liq chora-tadbirlar yanada kuchaytirildi.

Shunday targ’ibot tadbirlaridan biri Qorajiyda, Xalqobod va Xo’jaqishloq mahalla fuqarolar yig’inida o’tkazilib, aholi o’rtasida tushuntirish va targ’ibot ishlari amalga oshirildi. 

Targ’ibot ishlari jarayonida ko’chada bemaqsad yurgan yoshlar va fuqarolarga karantin qoidalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Respublika maxsus komissiya qarori bilan tanish bo’lmagan fuqarolarga, mazkur qarorning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, karantin cheklovlari qoidalarini buzgan fuqarolar ma'muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi bo’yicha qonunchiligimizdagi alohida moddalar yuzasidan tushunchalar berildi.

Targ’ibot tadbirlari davomida mahallalardagi savdo shoxobchalari va dorixonalarda hamda aholiga xizmat ko’rsatuvchi turli tashkilotlarda karantin qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan targ’ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Karantin tadbirlari davomida tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi xodimlari tomonidan hududlarda doimiy tarzda dizenfeksiya ishlari olib borilmoqda. Xususan, aholi gavjum joylarda, savdo do’konlari, korxona va tashkilotlarda, fuqarolarning xonadonlari hamda yo’llarning qatnov qismlarida zararsizlantirish tadbirlari uzluksiz davom ettirib kelinmoqda.

Koronavirus tarqalishining oldini olishning eng muhim sharti karantin qoidalariga qat'iy rioya etishdir. Shunday ekan, barcha belgilangan qoida va cheklovlarga tartibli ravishda amal qilib, tegishli tashkilotlar talablari qat'iy bajarilsagina, butun dunyoda tarqalayotgan ushbu virusga qarshi birgalikdagi, hamjihatlikdagi kurashimiz samara beradi.

N.Otabekov,

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi

Qo’shtepa tuman bo’linmasi rahbari.