Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Koronavirusga qarshi kurash choralari yanada kuchaytirilmoqda
2020-07-10 11:05:37 192
Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov hamda sektor rahbarlarining sa'y-harakati bilan tumanda karantin qoidalarini ta'minlash, fuqarolar o’rtasida targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borish bilan bog’liq chora-tadbirlar yanada kuchaytirildi.
Xususan, tuman hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo’limi va tuman bo’linmasi, tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi xodimlari tomonidan o’zaro hamkorlikda targ’ibot tadbirlari olib borilmoqda. Shunday targ’ibot tadbirlaridan biri Langar, Shodlik, Qumtepa mahalla fuqarolar yig’inida olib borildi. Targ’ibot tadbirlari davomida mahallalardagi savdo shoxobchalari va dorixonalarda hamda aholiga xizmat ko’rsatuvchi turli tashkilotlarda karantin qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan targ’ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Virusli kasalliklardan himoyalanish tartib-qoidalari yuzasidan tayyorlangan qo’llanmalar umumiy o’rta ta'lim maktablariga tarqatilib, targ’ibot vositalaridan foydalanish va ularni joylash tartibi bo’yicha tavsiyalar berildi.
Karantin tadbirlari davomida tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi xodimlari tomonidan hududlarda doimiy tarzda dizenfeksiya ishlari olib borilmoqda. Xususan, aholi gavjum joylarda, savdo do’konlari, korxona va tashkilotlarda, fuqarolarning xonadonlari hamda yo’llarning qatnov qismlarida zararsizlantirish tadbirlari uzluksiz davom ettirib kelinmoqda.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.