Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI QARORI

×

 2020-07-08 10:11:35    228

PDF yuklash
Chop etish


2020 yil «1»  iyun            №284        Shodlik MFY, Baxmal ko’chasi 5-uy

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil

22 maydagi 311-sonli hamda viloyat hokimining 2020 yil 27 maydagi 137-sonli qarorlari to’g’risida

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O’zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5887-son Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 maydagi “Hududiy futbol assotsiatsiyalari faoliyatini yanada qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 311-sonli hamda viloyat hokimining 2020 yil 27 maydagi 137-sonli qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida

QAROR QILAMAN:

1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 maydagi 311-sonli hamda viloyat hokimining 2020 yil 27 maydagi 137-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan:

Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy futbol assotsiatsiyalariga (keyingi o’rinlarda - hududiy futbol assotsiatsiyalari) ularning asosiy vazifalari sifatida quyidagi yo’nalishlarni rivojlantirish bo’yicha tavsiyalari:

bolalar va o’smirlarning futbol bilan shug’ullanishga qiziqishini oshirish, havaskor futbolni ommalashtirish, bu borada umumta'lim maktablari, sport-ta'lim muassasalari, mahalla va tashkilotlarda futbol bo’yicha musobaqalarni tashkil etish;

yuqori iqtidorga ega bo’lgan yosh futbolchilarni tanlash va saralab olish (seleksiya) tizimini tubdan takomillashtirish;

futbol sohasiga xususiy investitsiyalarni keng jalb etishni tashkil qilish;

futbol sohasining bozor mexanizmlari asosida boshqarilishini ta'minlash;

futbol klublarini xususiy sektorga o’tkazishni tashkil etish hamda ular orasida sog’lom sport raqobati muhiti yaratilishini ta'minlash;

futbol musobaqalari tomoshabopligini oshirish hamda futbolni rivojlantirishning yangi tizimini samarali yo’lga qo’yish orqali “o’zbek futboli” brendi yaratilishini ta'minlash;

futbol sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishga ilg’or ilmiy-metodik va innovatsion texnologiyalarni joriy etish;

futbol sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, futbol infratuzilmasini moddiy-texnik jihatdan yanada yaxshilash hamda xalqaro talablarga moslashtirish yuzasidan doimiy ravishda takliflar ishlab chiqish;

futbolni, shu jumladan hududiy futbol assotsiatsiyalari a'zolarini, futbolchilar, trenerlar va hakamlarni, futbol faxriylari va boshqa mutaxassislarni ilmiy-metodik va moddiy-texnik jihatdan ta'minlashga ko’maklashish ma'lumot uchun qabul qilinsin.

3. Tuman hokimining o’rinbosarlari B.Taniqulov, A.Yusupov, Jismoniy tarbiya va sport bo’limi (G’.Yuldashev), Moliya bo’limi (I.Akbarov)ga:

tumanda professional futbolni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, jumladan, O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi talablariga asosan har bir tumandan viloyat birinchiligida ishtirok etuvchi kamida bitta futbol jamoasi va o’tkaziladigan musobaqalarga mos ravishda markaziy stadion bo’lishini ta'minlash vazifalari yuklansin.

4. Tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari (Yo.Qosimova), Istiqbol yo’li gazetasi (U.Xudoyberganova)ga mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar tayyorlash tavsiya etilsin.

5. Tuman hokimining 2009 yil 17 dekabrdagi 1090-sonli qarori o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining o’rinbosarlari B.Taniqulov hamda A.Yusupov zimmasiga yuklatilsin.

 Tuman hokimi                                                  I.Novikov