Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 189 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

VILOYAT PROKURORI SAYYOR QABUL O’TKAZDI

×

 2020-07-07 13:08:45    240

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumanida maktab bitiruvchilari va yoshlarni har tomonlama yetuk, komil inson qilib tarbiyalash, ularning intilish va tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash, iste'dod va salohiyatlarini ro’yobga chiqarish hamda yosh tadbirkorlik sub'yektlarining muammolarini o’rganish va ularga ko’maklashish maqsadida 2-sektor rahbarining tashabbusi bilan Kattabeshkapa mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 46-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida Farg’ona  viloyat prokurori U.Qosimov sayyor qabul o’tkazdi. Ushbu tadbirda 50 nafar bitiruvchi va uyushmagan yoshlar ishtirok etdilar.

Shuningdek, sayyor qabulda tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, tumandagi barcha tashkilot va korxonalar rahbarlari qatnashdilar.

Uchrashuv avvalida, viloyat prokurori U.Qosimov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar, bu borada yoshlarga va tadbirkorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlarga batafsil to’xtalib o’tdi.

Ochiq muloqot tarzida o’tgan uchrashuvda yoshlarni qiynab kelayotgan muammolar tinglanib, ularning takliflari atroflicha o’rganildi.

Uchrashuvda so’zga chiqqan 9 nafar maktab bitiruvchilaridan 4 nafari oliy ta'lim muassasasiga o’qishga kirish istagini bildirib, test imtihonlari bo’ladigan joylar va yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar to’g’risidagi savol bilan murojaat qilgan bo’lsalar, 2 nafari o’zlarining ijod na'munalari bilan ishtirokchilarni tanishtirdilar. Yana 2 nafari tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish istagini bildirib, imtiyozli kredit olishda, 1 nafari esa g’alladan bo’shagan maydonlardan takroriy ekin ekish uchun yer maydoni ajratishda amaliy yordam berishni so’rab murojaat etishdi.

Kredit olishni so’rab murojaat qilgan 2 nafar maktab bitiruvchisidan qabul jarayonida arizalar olinib, ATB “Agrobank” Qo’shtepa filialiga ko’rib, ijobiy hal etish uchun yuborildi.

Shuningdek, umumiy o’rta ta'lim maktablarini 2019-2020 o’quv yilida oltin va kumush medallarga tamomlagan, qabulda faol ishtirok etgan 15 nafar bitiruvchilarga esdalik sovg’alari topshirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.