Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 163 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KARANTIN DAVRIDA TARG’IBOT ISHLARI HAMJIHATLIK BILAN OLIB BORILMOQDA (Foto)

×

 2020-07-06 11:12:15    166

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumanida karantin qoidalariga rioya etilishini ta'minlash maqsadida tuman hokimligi va hamkor tashkilotlar aholi o’rtasida keng qamrovli targ’ibot-tashviqot ishlarini olib bormoqdalar.

Huddi shunday targ’ibot tadbirlaridan biri kuni kecha tumandagi “Dehqon bozori”da o’tkazildi. Tadbir davomida dehqon bozori hududidagi savdo shoxobchalarida karantin qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan targ’ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Bozorga kirib kelayotgan fuqarolarning tana harorati o’lchanib, tibbiyot maskalari ham tarqatildi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.

Tumanimizda koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish va fuqarolarimizning salomatligini asrash borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlarda O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi atrofiga birlashgan yoshlar  ham faol ishtirok etishmoqda.

- O’tkazilayotgan tadbirlar davomida har bir fuqaroga davlat va jamiyat hayotiga joriy etilgan karantin tartibiga to’la rioya qilishlari, o’zi va oilasi salomatligini xatarga qo’ymasliklari, tibbiy ko’rsatmalarga amal qilishlari hamda bu borada davlatimizda olib borilayotgan chora-tadbirlarning mohiyati tushuntirilmoqda - deydi tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari A. Yusupov. - Koronavirus pandemiyasi davrida xech kim o’zini chetga olmasligi kerak. Mana shunday sinovli vaziyatda har birimiz koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olishga o’z hissamizni qo’shishimiz lozim.

Darhaqiqat, bugungi vaziyat hammamiz uchun bir sinov davri. Ishonchimiz komilki, biz bu sinovni hamjihatlik bilan yenga olamiz. Hayot hamisha bir maromda davom etavermaydi. Har qanday holatda ham faqatgina aniq maqsad, dadil qadam ertangi kunimiz manzilini belgilaydi.

       Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.