Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo’shtepa tumani hokimi sayyor qabul o’tkazdi

×

 2020-07-03 17:09:19    144

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov “Sohibkor” mahalla fuqarolar yig’inida sayyor qabul o’tkazdi.

Unda sektor rahbari bilan birga, tuman Xalq qabulxonasi mudiri R.Abdullayev, hokim o’rinbosarlari va tashkilot rahbarlari ishtirok etib, hudud aholisining murojaatlarini o’rgandilar.

Qabul jarayonida fuqarolar asosan elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash, ichki yo’llarni ta'mirlash, uy-joy, ichimlik suviga suv hisoblagichlari o’rnatish borasida murojaat qildilar.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan 14 ta turli mazmundagi murojaatlar tushdi. Shundan 1 tasi joyida hal etildi, 4 tasiga tegishli mas'ullar tomonidan qonuniy tushuntirishlar berildi. 9 tasi yuzasidan o’rganish va natijalarini ma'lum qilish uchun mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.