Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 46 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O‘quv seminar o‘tkazildi

×

 2020-07-02 18:10:03    229

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumani hokimligining majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o’zini o’zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4742-sonli qarorining mazmun va mohiyatini aholiga hamda tadbirkorlarga yetkazish hamda hududlarda xizmatlar sohasini rivojlantirish masalalari yuzasidan o’quv seminar bo’lib o’tdi.

Seminarda tuman hokimining o’rinbosarlari va mas'ul xodimlari, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi vakillari, Soliq, Iqtisodiyot, Moliya,  Statistika, G’aznachilik, Pensiya jamg’armasi, tijorat banklari, Davlat xizmatlari markazi, Savdo-sanoat  palatasi, Aholi  bandligiga  ko’maklashish markazlari va aloqador boshqa tashkilot rahbarlari, tadbirkorlik sub'yektlari, MFY raislari va o’rinbosarlari hamda kun tartibidagi  masalaga aloqador boshqa tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

Seminarni tuman hokimining birinchi o’rinbosari B.Taniqulov ochdi va olib bordi.

Seminarda “Aloqabank” Farg’ona viloyat filiali boshqaruvchisi Sh.Egamberdiyev so’z olib o’tkazilayotgan seminarning mazmun mohiyatiga to’xtalib o’tdi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25  martdagi 182-sonli qarori ijrosi (uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to’lash) bo’yicha tuman hokimining birinchi o’rinbosari B.Taniqulov tushunchalar berdi va qarorning mazmun mohiyatiga qisqacha to’xtaldi. 

Shuningdek “Tadbirkorlik  faoliyati va o’zini o’zi band qilishni davlat  tomonidan tartibga  solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-4742-sonli qarori  bo’yicha tuman soliq inspeksiyasining bosh inspektori Q.Rayimov yig’ilganlarga batafsil ma'lumot berdi.

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki hamda “Agrobank” ATB Qo’shtepa filiallari boshqaruvchisi o’rinbosarlarining tadbirkorlik sub'yektlari bo’yicha axborotlari tinglandi. Ular seminar ishtirokchilariga mahallalardagi kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga kredit berish tartibi to’g’risida tushunchalar berdilar.

Seminar davomida tuman Aholi bandligiga ko’maklashish markazi direktori M.Eminov ham so’z olib, o’zining fikr mulohazalarini bildirib o’tdi.

Seminar davomida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.