Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Bugun 2 iyul - O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun

×

 2020-07-02 10:25:43    294

PDF yuklash
Chop etish


Davlat gerbi - baxt timsoli

"O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to’g’risida"gi Qonun 1992 yil 2 iyulda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.

O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda so’l tomonida bug’doy boshoqlari, o’ng tomonida ochilgan paxta chanoqlari suvrati tushirilgan chambardan iborat.

Gerbning yuqori qismida respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug’ ramzidir.

Gerbning markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli bo’lgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo’lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi.

Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrog’ini ifoda etuvchi chambar lentasining bandiga “O’zbekiston” deb yozib qo’yilgan.

Tariximiz va milliy qadriyatlarimizdan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan davlatimiz gerbi xalqimiz ozodligining yana bir timsoli sifatida tarixdan joy olgan sanaga ham chorak asr bo’ldi. “O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to’g’risida”gi qonunda gerbimizning qanday ko’rinishga egaligi yaqqol ifodalab berilgan. Unga muvofiq mamlakatimiz fuqarolari, O’zbekistonda istiqomat qiladigan barcha shaxs davlatimiz gerbini hurmat qilishi shart. Davlat gerbi tasviri mamlakatimizdagi barcha davlat tashkiloti binolari peshtoqiga o’rnatilgan. Gerb tasviri muhrlarda va davlat idoralari blankalarida, rasmiy nashrlarda, qog’oz va tanga pullarda, qimmatli qog’ozlar va fuqarolik pasportida, qonunda belgilangan boshqa hujjatlarda joy olgan.

Har bir yurtdoshimiz gerbimizda aks etgan yuksak ma'no-mazmundan cheksiz g’urur tuyadi.

Davlatimizning barcha ramzlari qatori gerbimiz ham hayotimizdan, qalbimizdan chuqur o’rin egallab, Vatanimiz mustaqilligining chinakam timsollaridan biriga aylandi.

U. Xolmatov,

tuman hokimining maslahatchisi.