Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Tadbirkorlik “imtiyoz” emas, imkoniyat

×

 2020-07-01 13:41:56    190

PDF yuklash
Chop etish


         Odatdagidek zalda sud majlisi o’tkazilmoqda. Sudning qora kursisida o’tirgan sudlanuvchi aybiga to’liq iqror bo’lmoqda. Uning xijolatchilikdan boshi egilgan, dilidan esa pushaymonlik va afsus-nadomat kechmoqda… Nachora qilmish qidirmish deganlaridek, qonun barcha uchun barobar.

         Sudlanuvchi E.T. siz-u bizga tanish, Qo’shtepa farzandi, tadbirkor. Aslida u tadbirkorligi bilan elga tanilsa yaxshi bo’lar edi. Ammo u sodir etgan jinoyati tufayli “nom” chiqarib, tanish-bilishlari oldida yuzi shuvit bo’ldi. Ming afsus va nadomatlar bo’lsinki, uning aybini, sodir etgan jinoyatini hyech oqlab bo’lmaydi.

         Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizda iqtisodiyotimiz rivoji ham yangi bosqichga ko’tarilmoqda. Ayniqsa, yurtimizda tadbirkorlik, kichik biznes va xususiy ishlab chiqarishga alohida e'tibor qaratilib, ularga imtiyozlar berilmoqda. Bu esa yangi ish o’rinlari yaratish, aholi farovonligini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Lekin tadbirkor E.T. bu imkoniyatlardan unumli foydalanmadi. Akchincha, tadbirkorligi uchun yaratilgan imkoniyatni o’ziga berilgan “imtiyoz” deb bildi va qing’ir ishga qo’l urdi.

Sudlanuvchi E.T. 2019 yil 18 fevral kuni “E-ijro” auksion elektron savdo maydonchasi orqali Qo’shtepa tumani, Qorakaltak mahalla fuqarolar yig’ini, Ma'rifat ko’chasida joylashgan qurilishi tugallanmagan ikki qavatli binoni 12 oy muddatga 1.000.000.000 (bir milliard) so’m investitsiya kiritish va 25 ta yangi ishchi o’rni tashkil etish sharti bilan 22.000.001 (yigirma ikki million bir) so’mga sotib oladi. Shartnoma shartlarini bajarmasdan, o’zboshimchalik bilan binoning ikkinchi qavatini to’liq, birinchi qavatini yarmini buzib, bino buzilishidan chiqqan qurilish materiallarini fuqaro R.T. va A.A. orqali tergov harakatlarida aniqlashni imkoni bo’lmagan shaxslarga sotib yuborib, Qo’shtepa tumani hokimiyati manfaatlariga juda ko’p miqdorda moddiy zarar yetkazadi.

“MEGA BIZNES BAHO” MCHJning 2019 yil 21 oktyabrdagi 91-sonli xulosasiga ko’ra, ushbu qurilishi tugallanmagan ikki qavatli binoning buzulmasdan oldingi holatining bahosi 403.576.000 so’m, buzilgandan keyingi holati 173.644.160 so’m, yetkazilgan zarar summasi esa 229.931.840 so’m ekanligi ko’rsatilgan.

         Sudlanuvchi E.T.ning sodir etgan jinoyati uning o’z aybiga to’liq iqror bo’lib bergan ko’rsatmasidan tashqari, vakil A. Karimov, guvohlar S. Nuriddinov, N. Pozilov, F. Mirzayev, Yu. Mirzayev, M. Muraximov, A. Saydaliyev, A. Azimov, X. Kenjayev va R. Teshaboyevlarning sudda tekshirilgan dastlabki tergovdagi ko’rsatuvlari, tushuntirish xatlari, talabnoma, ogohlantirish xatlari, dalolatnomalar, “MEGA BIZNES BAHO” MCHJning baholash hisoboti hamda ishda to’plangan boshqa ob'yektiv dalillar bilan ham to’liq tasdiqlandi.

Shunday qilib, O’zbekiston Respublikasi JPKning 454-457, 460, 462-463, 465, 468, 471-473-moddalariga amal qilib, sud HUKM qildi. Sudlanuvchi E.T. O’zbekiston Respublikasi JKning 229-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi.

Prokurorning da'vo arizasi qanoatlantirilib, sudlanuvchi E.T.dan Qo’shtepa tumani hokimiyati foydasiga 229.931.840 so’m zarar undiriladi.

A. Ergashev,

Jinoyat ishlari bo’yicha Qo’shtepa tuman sudining raisi.