Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 97 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Tuman hokimining navbatdagi qabuli o’tkazildi

×

 2020-07-01 13:26:10    330

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tuman Xalq qabulxonasida tuman hokimi Ilyosbek Novikovning navbatdagi qabuli o’tkazildi.

Unda tumandagi barcha mutasaddi korxona va tashkilotlardan mas'ul vakillar ishtirok etishdi. Fuqarolar o’z masalalari yuzasidan bevosita tuman hokimiga murojaat qilishdi.

Qabul davomida 30 ga yaqin fuqarolardan 27 ta turli mazmundagi murojaatlar kelib tushdi.

Murojaatlarning aksariyat qismini, dehqonchilik uchun yer ajratish,  uy-joy, moddiy yordam va nafaqa puli olish, bank, bandlik, tadbirkorlik bilan bog’liq murojaatlar tashkil etmoqda.

Ushbu murojaatlar yuzasidan ayrim fuqarolarga huquqiy tushuntirish berildi. Qolganlari esa qonunchilikda belgilangan muddatlarda o’rganib, chora ko’rish uchun tegishli tashkilot va idoralarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.