Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Deputatlar yoshlar davrasida
2020-06-30 13:42:03 210
Mamlakat ertasini o’ylagan davlat, yoshlarga ko’proq e'tibor berishi tabiiy. Chunki aynan ular kelajagimizni belgilab beradi. Mamlakatimizda ularning har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratilgan. Ta'lim muassasalari, sport inshooatlari, kutubxonalar, yoshlar markazlari, umuman mamlakatimizning eng chiroyli binolari ham aynan yoshlarimiz uchun bunyod etilganini ko’rishimiz mumkin.
Albatta, yoshlarimizga bilim va kasb-hunar o’rgatishdan tashqari ularning siyosiy faolligini oshirish, huquqiy bilimlarini mustahkamlash ham muhim masala hisoblanadi.
Shu maqsadda O’zbekiston xalq demokratik partiyasi Qo’shtepa tuman kengashining tashabbusi bilan 30 iyun - Yoshlar kunida deputat va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
Unda viloyat kengashi deputati, Senat a'zosi Ibroximjon Sultonov, O’zbekiston xalq demokratik partiyasi va «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi tuman kengashi deputatlari, Yoshlar ittifoqi faollari ishtirok etdilar.
Tadbirdan ko’zlangan maqsad yoshlarning siyosiy tafakkuri va bahs madaniyatini oshirish, deputatlar faoliyati bilan tanishtirish hamda ular bilan muloqot o’rnatishga qaratilgan edi.
Tadbirda so’zga chiqqan deputatlar tomonidan jamiyatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning o’rni va burchlari, bugungi kunda yoshlarning intellektual salohiyati va siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish, mamlakatimizda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan, yoshlarga doir qonunlarning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi.
Yoshlar bilan kechgan qizg’in muloqotda ko’plab savol-javoblar bo’lib o’tdi. Qiziquvchan yoshlar tomonidan berilgan savollarga deputatlar to’laqonli javob qaytardilar.
Tadbir so’ngida bayram munosabati bilan yoshlarga deputatalar tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.