Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!

×

 2020-06-27 16:36:28    108

PDF yuklash
Chop etish


Bugun ommaviy axborot vositalari xodimlari o’zlarining kasb bayramlarini nishonlayaptilar.

Axborot sohasidagi erkinlik va oshkoralikni ta'minlash hamda keng jamoatchilikka yetkazishda ommaviy axborot vositalarining faolligini oshirish bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Ayniqsa, taraqqiyot va ijtimoiy hayot voqyeliklarini xalq ommasiga yetkazishda televideniye, radio, internet hamda bosma nashrlarning o’rni beqiyos.

Bugun Qo’shtepa tumani hokimi I. Novikov tuman hokimligining nashri bo’lgan “Istiqbol yo’li” gazetasi tahririyatining barcha xodimlarini Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan, ya'ni kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etib, barcha xodimlarga baxt, omad, ijodiy kamolot tilab, mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ommaviy axborot vositalari faoliyatini rivojlantirish, jurnalistlar mehnatini rag’batlantirish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilayotganligi haqida ta'kidlab o’tdi.

Shuningdek, tuman hokimligi bilan ommaviy axborot vositalari xodimlarining o’zaro hamkorligi hamda tuman miqiyosidagi har bir jarayonlarni muvaffaqiyatli yoritib berayotganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Tuman hokimi I. Novikov tomonidan tahririyat xodimlariga tashakkurnomalar va esdalik sovg’alari topshirildi.

Fursatdan foydalanib, barcha hamkasablarimizni bugungi kasb bayrami bilan muborakbod etamiz. Bayram, muborak, aziz Hamkasblar! Qalamingiz hamisha o’tkir bo’lsin!

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.