Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 45 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPA TUMANI HOKIMI I. NOVIKOVNING MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARIGA BAYRAM TABRIGI

×

 2020-06-27 10:46:40    222

PDF yuklash
Chop etish


Hurmatli matbuotimiz fidoyilari! Qadrli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Siz aziz jurnalistlarni, matbaa va nashriyot, televideniye,  radio sohasining jonkuyar ijodkorlarini, soha faxriylarini 27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklayman.

Ijod ahli, ayniqsa, jurnalistlar ro’y berayotgan voqyelikka teran ko’z bilan boqib, uni o’z hayoti va turmushi bilan chambarchas tasavvur etib fikrlaydigan jonkuyar insonlar, qalbi qaynoq kishilardir.

Yaratuvchanlik va farovonlikni har qadamda ta'min etish uchun zarur bo’lgan davlat boshqaruvi hamda xalq o’rtasidagi o’zaro hamkorlikni aynan mana shu kasb egalaridagi jonkuyarlik va fidoyilik timsolida ko’ramiz desam, ayni haqiqatni aytgan bo’laman.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, Istiqlol sharofati bilan yurtimizda milliy matbuotimizni izchil rivojlan­tirish, axborot sohasini isloh qilish, axborot va so’z erkinligini ta'minlash, ommaviy axborot vositalari mustaqil­li­giga erishish yo’lidagi sa'y-harakat­lar sohani taraqqiy ettirishda yanada ulug’vorlik kasb etmoqda.

Shu o’rinda, Muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning: "Ommaviy axbo­rot vositalarining rolini kuchayti­rish sohasida biz ularning iqtisodiy asos­lari va moddiy bazasini yanada mus­tahkamlash, jurnalistlarning kasbiy faoliyatini himoya qilishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettiramiz", degan so’zlari, ommaviy axborot vositalari va soha xodimlariga  bo’lgan yuksak e'tibor­ning amaliy ifo­dasidir.

Albatta, bugungi quvonchli lahzalarda tuman matbuoti haqida fikr yuri­tar ekanmiz, avvalo, matbuotimiz tari­xi, nufuzi, jurnalistlarimizning bugun­gi jarayonlardagi ishtiroki bo’yicha respublikada o’z o’rni va nufuziga ega ekanligi hamisha qalbimizni cheksiz g’urur va iftixorga to’ldiradi.

Shu o’rinda, matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari bayrami arafasida matbuotning roli haqida qisqacha to’xtalishni lozim topdim.

2020 yil barchamiz uchun sinovlar yili bo’ldi. Bugungi kunda butun dunyo koronavirus pandemiyasi tufayli katta sinovni boshidan kechirmoqda. Ushbu kasallik, afsuski, bizning mamlakatimizni ham chetlab o’tmadi. Yurtimizga kelgan shunday sinovli davrda Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi, “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub'yektlarini qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmonlar hamda koronavirus pandemiyasi bo’yicha xalqimizga murojaatlari mamlakatimizda bu pandemiyaning boshqa davlatlardagi kabi og’ir kelishining oldini olishga xizmat qilmoqda.

Aytmoqchi bo’lganim, "Istiqbol yo’li" gazetasi koronavirus va uning oqibati, karantin qoidalariga rioya qilish haqida birinchilardan bo’lib bong urdi. Pandemiya tufayli bosma nashrlar to’xtab qolganida tuman gazetasi "Istiqbol yo'li" telegram kanali, feysbukdagi sahifasi orqali targ’ibot-tashviqot ishlarini olib bordi.

Tuman hokimligining “qoshtepa.uz” veb sayti, "Qo‘shtepa tumani hokimligi axborot xizmati" telegram kanali va feysbukdagi sahifasi orqali ham targ’ibot-tashviqot ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda.

Bir so’z bilan aytganda bugun tumanimizda bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinayotgan materiallar saviyasi va salmog’i tobora yuksalib borayotgani, matbuotning ochiqligi va oshkoraligini ta'minlashga xizmat qilmoqda.

Qadrli soha fidoyilari!

Sizlarni yana bir bor bugungi qutlug’ va sharafli kasb bayramingiz - Mat­buot va ommaviy axborot vositalari xo­dimlari kuni bilan samimiy tabrik­layman.

Barchangizga mustahkam sog’lik, xona­donlaringizga tinchlik-osoyishtalik, ijodiy muvaffaqiyat tilayman.

Yurtimiz osmoni hamisha musaffo, Mustaqilligimiz abadiy, taraqqiyotimiz bardavom bo’lsin!

I. Novikov,

Qo’shtepa tumani hokimi.