Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPA TUMANI PROKURORI TOMONIDAN NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O’TKAZILDI

×

 2020-06-24 17:57:45    387

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumanidagi 2-sektorda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.01.2019 yildagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha sektorlar faoliyatini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4102-sonli Qarori ijrosi yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tumanda yoshlarni har tomonlama yetuk va komil inson qilib tarbiyalash, ularning intilish va tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash, iste'dod va salohiyatlarini ro’yobga chiqarish hamda tadbirkorlik sub'yektlarining muammolarini o’rganish va ularga ko’maklashish maqsadida tuman prokurori, 2-sektor rahbari M. Shomurodov tomonidan Bo’ston mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 42-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida navbatdagi sayyor qabul o’tkazildi.

Sayyor qabulda tumandagi barcha tashkilot va korxonalar rahbarlari, tuman xalq qabulxonasining mas'ul xodimlari, yoshlar ittifoqi tuman kengashi raisi, prokuror sektori mas'ullari, Bo’ston MFYda faoliyatini yo’lga qo’ygan tadbirkorlar, 42-sonli umumta'lim maktabining 21 nafar bitiruvchi yoshlari va shu hududning 8 nafardan ziyod uyushmagan yoshlari ishtirok etdilar.

Uchrashuv avvalida, tuman prokurori M. Shomurodov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar, bu borada yoshlarga va tadbirkorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda jamiyatda yoshlar faolligini oshirish xususida batafsil to’xtalib o’tdi.

Bundan tashqari, voyaga yetmaganlar o’rtasida giyohvandlik, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish to’g’risida suhbat olib bordi.

Tadbir ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan yig’ilish ishtirokchilariga murojaat qilishdi.

Uchrashuvda, 18 nafar yoshlardan jami 12 ta muammo va takliflar kelib tushdi.

Masalan, fuqaro D. Nazirov o’zi yashab kelayotgan hudud ko’chalarini asfalt qilish uchun shag’allashtirishda amaliy yordam so’radi.

Mazkur murojaat yuzasidan fuqarodan yozma ravishda sektor rahbarining nomiga ariza olinib, nazoratga olingan holda tuman obodonlashtirish bo’limiga yuborildi.

Bundan tashqari, fuqaro A. Sattarov tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish maqsadida bankdan kredit olishda qanday xujjatlar zarurligi to’g’risida ma'lumot berishni so’radi.

Sayyor qabulda qatnashgan ATB “Agrobank” Qo’shtepa filiali boshqaruvchisi A. Akramov tomonidan fuqaro A. Sattarovga yuqoridagi masala yuzasidan tushuntirish berib o’tildi.

Shuningdek, sayyor qabulda qatnashgan yoshlardan 7 nafarining murojaatlari tinglanib, muammolarini ijobiy hal etish maqsadida sektor rahbari nomiga yozma arizalar olinib, nazoratga olgan holda mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

Sh. Xolmamatov,

sektor kotibi.