Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 98 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Hokim qabuli: HAR BIR MUROJAAT - E'TIBORDA!

×

 2020-06-23 16:04:32    224

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumani hokimi Ilyosbek Novikov navbatdagi fuqarolar qabulini o’tkazdi. Ushbu qabul tuman Xalq qabulxonasida bo’lib o’tdi.

Qabulda hokim fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, murojaatlarini birma-bir tingladi. Ular qo’ygan muammolar bo’yicha hokim o’rinbosarlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasi va boshqa tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar ko’rildi. Ayrim murojaatlarda ko’rsatilgan masalalarni hal etish yuzasidan tuman hokimi tegishli mutasaddilarga aniq topshiriq va ko’rsatmalar berdi.

Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda 42 nafar fuqarolardan turli mazmundagi murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning aksariyat qismini uy-joy, moddiy yordam, nafaqa puli olish, bank, bandlik, tadbirkorlik bilan bog’liq murojaatlar tashkil etmoqda.

Ushbu murojaatlar yuzasidan ayrim fuqarolarga huquqiy tushuntirish berildi. Qolganlari esa qonunchilikda belgilangan muddatlarda o’rganib, chora ko’rish uchun tegishli tashkilot va idoralarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.