Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SPORT YOSH TANLAMAYDI

×

 2020-06-19 14:43:09    159

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish hamda ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkillash bo’yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi yo’nalishi - yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o’z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan.

Qayd etish lozimki, Qo’shtepa tumanida nafaqat yoshlar, balki aholining barcha qatlamlarini turli sport tadbirlari va musobaqalarga jalb etishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2019 yilda “Yoshlar haftaligi”, “Xotin-qizlar haftaligi”, “Mahalla va nuroniylar haftaligi” va “Ta'lim muassasalari haftaligi” doirasida aholining keng qatlamini sportga jalb etishga qaratilgan o’ziga xos tizim yaratildi.

Bugun Qo’shtepa tumani hokimligi va tuman jismoniy tarbiya va sport bo’limi bilan hamkorlikda “Mahalla va nuroniylar haftaligi” bo’lib o’tdi. Nuroniylar o’rtasida Katta-Beshkapa-Langar avtomobil yo’li bo’ylab velomarafon musobaqasi o’tkazildi.


Karantin qoidalariga muvofiq o’tkazilgan ushbu musobaqada tumandagi mahallalardan 60 nafardan ziyod nuroniylar  ishtirok etdilar.

Musobaqada g’olib bo’lgan ishtirokchilar tuman hokimligi va sport bo’limining diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati bo’limi