Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RASMIY MUNOSABAT
2020-06-17 11:38:36 187
«Mening yurtim» (MY5) telekanalining «Markaziy studiya» ko’rsatuvi orqali 11.06.2020 yil kuni soat 19:55 da “Tender ham o’yin bo’ldimi? Fermer ona hammasidan ayrildi, ayb kimda?” deb nomlangan tanqidiy video lavha namoyish qilingan edi.
Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:
Farg’ona viloyati, Qo’shtepa tumanida yashovchi fermer Tojixon Qodirovaning ko’p yillardan buyon foydalanib kelgan yeri olib qo’yilgani, tender esa haqqoniy bo’lmagani haqidagi tanqidiy video lavha va fermer onaning nolasi juda ta'sirli tayyorlangan. Shu o’rinda Tojixon Qodirovaga Allohdan shifo so’rab, masalaning ikkinchi tomoni ham borligiga to’xtalib o’tmoqchimiz.
Muxbir Voxidjon G’aniyev fermerning e'tirozi tufayli ushbu muammoni faqatgina bir tomonlama o’rganib, o’zining mulohazalarini bildirgan. Xulosani esa tuman hokimligi va sektor rahbarlarining hukmiga havola qilgan.
T. Qodirova rahbarligidagi “Momiq buvo” fermer xo’jaligiga 19.12.2007 yilda tuman hokimining 604/12-sonli qarori bilan yer maydoni ajratib berilgan. T. Qodirova 2018 yildan buyon kasalligi tufayli fermer xo’jaligini uning o’g’li M. Qodirov boshqarib kelgan.
Ko’rsatuvda fermer ona Tojixon Qodirovaning ko’p yillardan buyon foydalanib kelgan yeri, go’yo hyech qanday sababsiz olib qo’yilgandek ko’rsatilgan. Aslidachi? Aslida, “Momiq buva” fermer xo’jaligi tomonidan 2016-2017-2018 yillar davomida boshoqli don yetishtirish rejasi faqatgina 2018 yilda 114,8 foizga bajarilgan. Ikki yil davomida esa davlatga g’alla topshirish kontraktatsiya shartnomasi bajarilmagan. Qolaversa, 2016-2017-2018 yillar mobaynida 3 yil davlatga paxta xom ashyosini yetkazib berish bo’yicha surunkali kontraktatsiya shartnomalari ham bajarilmagan. Xo’sh, yer davlatnikimi yoki fermerning xususiy mulkimi?
Shu o’rinda, “Momiq buvo” fermer xo’jaligining ishonchli vakili M. Qodirovga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 yanvardagi 14-sonli qarorining 4-ilova 2-bandida, so’ngi 3 yil davomida davlat xaridi uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetkazib berish bo’yicha kontraktatsiya shartnoma shartlari bajarilmaganda, yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish ko’rsatib o’tilganini eslatib o’tmoqchimiz.
O’zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”ning “Yer uchastkasiga bo’lgan huquqlarini bekor qilish” haqidagi 36-modda 1-bandida belgilanganidek, “Momiq buvo” fermer xo’jaligining ishonchli vakili M. Qodirov yerdan ixtiyoriy ravishda voz kechgan va Qo’shtepa tuman fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining xulosasiga ko’ra, “Momiq buva” fermer xo’jaligi yer maydonlari tuman zaxirasiga qaytarib olingan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.01.2019 yil kungi 14-sonli qarori ijrosini ta'minlash bo’yicha Qo’shtepa tumanida tashkil etilgan ishchi guruhning “Momiq buvo” fermer xo’jaligi bo’yicha xulosasi va tuman hokimining 23.01.2019 yil kungi 344-sonli qarorini qabul qilishga asos bo’lgan. Qo’shtepa tuman zaxirasidagi yerlarga o’tkazilgan tanlovda “Momiq buvo” fermer xo’jaligi nomidan M. Qodirov va “Osiyo bahor fayzi” fermer xo’jaligi nomidan Yu. Usmonovlar qatnashgan. Tanlovda M. Qodirov 44 ball, Yu. Usmonov 59 ball to’plagan va Yu. Usmonov g’olib deb topilgan.
Tanlov natijasi xalq deputatlari Qo’shtepa tuman kengashining sessiyasi muhokamasiga taqdim etilib, g’olib deb topilgan “Osiyo bahor fayzi” fermer xo’jaligi rahbari Yu. Usmonovga jami 133.67 gektar yer maydoni ajratib berilishi yuzasidan sessiyaning 27.01.2019 yildagi 233/59-5-sonli qarori hamda bu bo’yicha tuman hokimining 28.01.2019 yildagi 344-sonli qarori qabul qilingan.
Farg’ona viloyat fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi “Momiq buvo” fermer xo’jaligi manfaatlarini ko’zlab, “Qo’shtepa tuman hokimining 2019 yil 20 yanvardagi 91-sonli va 2019 yil 28 yanvardagi 344-sonli qarorlarini haqiqiy emas deb topish haqida” dastlab Qo’shtepa tuman ma'muriy sudiga va keyinchalik Farg’ona viloyati ma'muriy sudiga apellyatsiya tartibida shikoyat etgan. Har ikki sud ham arizani ko’rib chiqib, shikoyat arizasi asossiz bo’lganligi sababli qanoatlantirmasdan rad etgan.
(Farg’ona viloyati ma'muriy sudining apellyatsiya instansiyasi qaroridan nusxa ilova qilinmoqda)
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.