Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SAYYOR QABUL: HAR BIR MUROJAAT - E'TIBOR MARKAZIDA
2020-06-16 21:07:58 198
Bugun Qo’shtepa tumani hokimi Ilyosbek Novikovning tuman Xalq qabulxonasida navbatdagi qabuli bo’lib o’tdi.
Qabulda fuqarolar tomonidan bandlik, uy-joy, bolalar uchun nafaqa puli olish, kredit va boshqa masalalar bo’yicha murojaatlar qilinib, ularning har biri alohida nazoratga olindi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, har bir murojaat tuman hokimligining e'tibor markazida. Tuman hokimining xalq bilan muloqot qilishi orqali fuqarolarning ko’plab muammolari aniqlanib, ularni hal etish bo’yicha tegishli choralar ko’rilmoqda.
Bugungi qabul davomida ham fuqarolarning har bir murojaati tegishli mutasaddilar tomonidan nazoratga olinib, ularni qanoatlantirish choralari ko’rildi.
30 nafardan ziyod fuqaro qatnashgan ushbu qabulda murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, ayrimlariga qonuniy tushuntirish berilib, muddat talab qiladiganlari esa tegishli mas'ullar tomonidan o’rganib chiqilmoqda.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati