Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 145 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ICHKI ISHLAR HODIMIGA PORA TAKLIF QILGAN QIMORBOZLARGA HUKM O’QILDI

×

 2020-06-16 15:26:54    98

PDF yuklash
Chop etish


         Jinoyat ishlari bo’yicha Qo’shtepa tuman sudida pora berish bilan bog’liq jinoiy ish ko’rib chiqildi

         Bu jinoyat ishining e'tiborli jihati shundaki, sudlanuvchilar o’z ayblarini yashirish uchun Quva tumani ichki ishlar xodimiga pora taklif qilishgan.

         Xullas, sudlanuvchilar Quvalik I.Yu. va I.A.lar qimor o’ynashayotgan paytida Quva tumani IIB profilaktika inspektori tomonidan ushlangan va ularga nisbatan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirilgan.

         Sudlanuvchilar o’z ayblarini yashirish maqsadida o’zaro til biriktirib tanishi J.A. orqali IIB profilaktika inspektoriga ularga nisbatan yuritilgan hujjatlarni sudga yubormaslik hamda keyinchalik ularning qimor o’yinlariga to’sqinlik qilmaslik evaziga pul taklif qilishgan.

         O’z qasamyodiga sodiq qolgan Quva tumani IIB profilaktika inspektorining bildirgisiga asosan O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Farg’ona shahar bo’limi va O’zbekiston Respublikasi IIV O’XB Farg’ona viloyati bo’limi xodimlari tomonidan 2020 yil 17 yanvarda o’tkazilgan tezkor tadbirda, qimorbozlar 800 ming so’m pulni profilaktika inspektoriga pora tariqasida berayotgan vaqtida ushlangan. Mazkur tadbir davomida yuqoridagi manzilda bir guruh shaxslar tomonidan yana qimor o’yini o’ynalayotganligi ham fosh etildi. U yerdan 650 ming so’m miqdoridagi pullar, qarta va o’yin toshlari xolislar ishtirokida, ashyoviy dalil sifatida olindi.

         Sud majlisida sudlanuvchilar o’z qilmishlariga to’liq iqror bo’ldilar. Sudlanuvchilar O’zbekiston Respublikasi JKning 211-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni ya'ni pora berish jinoyatini sodir etganlikda aybli deb topilib, qilmishlariga yarasha qonunda belgilangan jazo choralari tayinlandi, ashyoviy dalil tariqasida olingan pullar esa davlat foydasiga musodara qilindi.

Avazjon Ergashev,

Jinoyat ishlari bo’yicha Qo’shtepa tuman sudi raisi.