Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“VAQF” XAYRIYA JAMOAT FONDINING SAXOVAT TADBIRI

×

 2020-06-12 11:40:07    248

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati "Vaqf" xayriya jamoat fondi o’zining navbatdagi ehsonini tashkil etdi. Ushbu xayriya fondi bu galgi tashrifini viloyatning to’rtta tumaniga uyushtirdi. Joylardagi imom-xatiblar bilan birgalikda Qo’shtepa, Oltiariq, Yozyovon, Toshloq tumanlaridagi yordamga muhtoj nogironlar, yolg’iz keksalar, boquvchisini yo’qotgan fuqarolar hamda kam ta'minlangan 200 ta oilaga xomiylik asosida xayriyalar tarqatildi.

Fond vakillari Qo’shtepa tumanida ham bo’lishib, pandemiya sharoitida qiynalgan 50 ta ijtimoiy ta'minotga muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari jamlamasini ulashdilar.

Beruvchi qo’ldan ham, oluvchi qo’ldan ham Alloh taolo rozi bo’lsin!

“Vaqf” xayriya jamoat fondiga va ularning xayrli ishlariga ko’makdosh bo’layotgan barcha azizlarga tumanimiz ahli nomidan minnatdorchilik bildiramiz!

Abduxoshim Axmadaliyev,

Qo’shtepa tumani bosh imom xatibi.