Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMINING QARORI

×

 2020-06-12 11:29:37    164

PDF yuklash
Chop etish


2020 yil  05 iyun                            № 288                       Shodlik MFY, Baxmal ko’chasi 5-uy

TUMAN HUDUDIDAGI 4K864 “MARG’ILON TEMIR YO’L STANTSIYASI - QUMTEPA Q.-QORAQUSHCHI Q.-OXUNBOBOYEV TEMIR YO’L STANTSIYASI”, 4K858 “MARG’ILON Sh.-O’ROQBOLG’A Q.-A373 AVTOYO’LI, 4N909 “PAXTAKOR Q.- O’ROQBOLG’A Q.- OQBUYRA Q.”, 4N859A) “BADISH QISHLOG’IGA (1 KM)”, 4N 859B) “FAYZIOBOD QISHLOG’IGA (5 KM) ”, 4K853 “SHAHARTEPA Q.- YANGIXAYOT Q.” HAMDA

4R147“MARG’ILON Sh.-RISHTON Sh.-O’QCHI Q.-KARIMDEVONA Q.-

KONIBODOM Sh.”AVTOMOBIL YO’LLARIDA HARAKAT XAVFSIZLIGINI TARTIBGA SOLISH TO’G’RISIDA

 O’zbekiston Respublikasining 10.04.2013yildagi “Yo’l harakati xavfsizligi to’g’risida”gi O’RQ-348-sonli yangi tahrirdagi Qonuniga, O’zbekiston Respublikasining 02.10.2007 yildagi “Avtomobil yo’llar to’g’risida”gi O’RQ-117-sonli Qonunining 7-moddasiga muvofiq hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 5-avgustdagi “O’zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari ro’yxatini tasdiqlash to’g’risida”gi 169-sonli qaroriga hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi qonunning 6,25-moddalariga asosan


QAROR QILAMAN:


1.        Qo’shtepa tuman Yo’llardan foydalanish unitar korxonasining 2020 yil 4 may kungi 67-sonli hamda tuman Ichki ishlar bo’limining 2020 yil 6 may kungi 40/1341-sonli xati inobatga olinsin.

2.        Tuman Ichki ishlar bo’limi boshlig’i (S.Abdullayev) va tuman Yo’llardan foydalanish unitar korxonasi (Sh.Umurzaqov)ga:

4K864 “Marg’ilon temir yo’l stansiyasi-Qumtepa q.-Qoraqushchi q.-Oxunboboyev temir yo’l stansiyasi”, 4K858 “Marg’ilon sh.-O’roqbolg’a q.-A373 avtoyo’li”, 4N909 “Paxtakor q.- O’roqbolg’a q.- Oqbuyra q.”, 4N859 a) “Badish qishlog’iga (1 km)”, 4N 859 b) “Fayziobod qishlog’iga (5 km)”,

4K853 “Shahartepa q.-Yangixayot q.” avtomobil yo’llarida mavjud asfalt qoplamalar holatini soz holda saqlash hamda harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida belgilangan tartibda 3.12 “O’qqa tushadigan og’irlik cheklangan” 8 ts hamda 1.31“Sun'iy notekkislik”yo’l belgilarini;

4R147 “Marg’ilon sh.-Rishton sh.-O’qchi q.-Karimdevona q.-Konibodom sh.”avtomobil yo’lining 3,5-5,5 km oralig’iga harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida belgilangan tartibda 5.5 “Bir tomonlama harakat” hamda 7.5.7 “Amal qilish vaqti” yo’l belgilarini o’rnatish va ushbu yo’nalishda harakat xavfsizligini ta'minlashni nazorat qilish vazifalari yuklatilsin.

3.        Tuman hokimligi matbuot kotibi (Yo.Qosimova)ga, mazkur qarorni “Istiqbol yo’li” gazetasida e'lon qilish hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirish vazifasi yuklatilsin.

4.        Qaror ommaviy axborot vositalarida rasman e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

5.        Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining o’rinbosari B.Qurbonov zimmasiga yuklatilsin.

Tuman hokimi                                                I. Novikov.