Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
«FARG’ONA TADBIRKORLARI - ISLOHOTCHI» TAJRIBASI KATTA MAS'ULIYAT VA ISHONCHDIR
2020-06-09 17:22:39 217
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-6 iyun kunlari Farg’ona viloyatiga amaliy tashrif bilan keldi.
Davlat rahbari Qo’shtepa tumaniga tashrifi davomida «Grapes and Gardens Investment» kompaniyasi tomonidan yaratilgan intensiv bog’da ham bo’ldi.
«Grapes and Gardens Investment» aksionerlik jamiyati tomonidan 100 gektarda o’rik, 52 gektarda gilos ekilgan. Tomchilatib sug’orish, sun'iy soya qilish uskunalari o’rnatilgan.
Ispaniya va Fransiyadan keltirilgan o’rik navining hosildorligi juda yuqori. Bu eksportda muhim omil bo’ladi. Bugungi kunda bog’ uchastkalari kooperatsiya asosida tajribali tadbirkorlarga berilmoqda.
Davlatimiz rahbari daraxt qatorlari orasiga sarimsoqpiyoz va dukkakli ekinlar ekish, bunday bog’larni ko’paytirish bo’yicha ko’rsatmalar berdi.
Shu yerda qishloq xo’jaligi va agrosanoat loyihalari taqdimoti o’tkazildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashrifi “Grapes and Gardens Investment” aksionerlik jamiyati ishchi-xodimlarini ko’nglini tog’dek ko’tardi. Ushbu tashrif ularga ruhiy madad, ishonch va ko’tarinki kayfiyat baxsh etdi. Ayniqsa, bu tashrif “Grapes and Gardens Investment” aksionerlik jamiyati rahbari Azizbek Kazakov uchun bir umrga unutilmas voqyea bo’lib qoladi.
Azizbek Kazakov “Grapes and Gardens Investment” aksionerlik jamiyati rahbari:
- Davlatimiz rahbari tashrif chog’ida kompaniyamiz tomonidan yaratilgan intensiv bog’da ham bo’ldi. Yurtboshimiz bilan bo’lib o’tgan samimiy muloqotdan juda-juda ruhlandim. Qo’shtepa tumanidagi “Grapes and Gardens Investment” aksionerlik jamiyati tomonidan yaratilgan intensiv bog’ning hududi 152 gektardan iborat bo’lib, 6 turdagi “Primaya”, “Manbo”, “Luna”, “Kosmos”, “Kolorado”, “Linfa” o’rik ko’chatlari ekilgan. Ish o’rni 32 nafar.
O’rik bog’i joriy yilning mart-aprel oylarida tashkil etilib, tomchilatib sug’orish tizimi joriy qilingan.
Yetishtirilgan mahsulotlarning 80 foizi Turkiya, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston va Yevropa davlatlariga eksport qilinishi va qolgan 20 foizi ichki bozorga sotilishi ko’zda tutilgan.
Loyiha doirasida yaratilgan ish o’rinlarining 90 foiziga ishsiz yoshlar va kambag’al oilalar a'zolarini ish bilan ta'minlash ko’zda tutilgan.
Ushbu maydonlarga ekilgan mahsulotlarning 1 gektaridan yiliga o’rtacha 352,0 million so’m daromad olinishi rejalashtirilgan.
O’rik ko’chatlari ikki yildan so’ng hosilga kirib, har bir gektardan o’rtacha 8 tonnadan, jami 66 gektar maydondagi 528 tonna mahsulotdan 633,0 million so’m daromad olish mumkin.
Bu ko’rsatkichlar yildan yilga oshib 5 - 6-yillari 2 640 tonnagacha 3 168 million so’mlik hamda qator orasiga ekilgan mahsulotlar bilan birga yiliga o’rtacha 4,0 milliard so’mdan ortiq daromad olish mumkin.
Bundan tashqari qator oralariga sarimsoqpiyoz, soya ekilib, bir yilda kamida ikki marotaba daromad olish rejalashtirilgan.
Prezidentimizning «Farg’ona tadbirkorlari - islohotchi» tajribasini amalga oshirish tashabbusini ilgari surgani bizlarga katta mas'uliyat yuklamoqda. Albatta bu bu imkoniyatlardan samarali foydalanib, yurtimiz taraqqiyotiga o’z hissamizni qo’shamiz.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati