Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATINING BAYONOTI

×

 2020-06-05 15:57:51    196

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumani Balandmasjid MFY Navro’z ko’chasidan yozilgan imzosiz xatga tuman yo’llardan foydalanish unitar korxonasi direktori  Sh. Umurzaqov shunday javob beradi: «Korxonamiz tasarrufidagi umumfoydalanuvdagi mahalliy ahamiyatga ega 4K-864 "Marg’ilon temir yo’l stansiyasi - Qumtepa - Qoraqushchi qishlog’i - Oxunboboyev temir yo’l stansiyasi" avtomobil yo’li Prezident tashrifi munosabati bilan emas, balki joriy ta'mirlash ishlari hisobidan bajarildi. Yo’lning 2-km qismidagi o’ng tomondagi tutashmada buzilishlar va chuqurchalar mavjudligi hamda umumfoydalanuvdagi avtomobil yo’liga chang va iflosliklar chiqmasligi uchun 38 m2 qismi ta'mirlanib, eski asfalt beton qoplamaga ulandi. Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo’liga tutashgan ushbu ko’cha tuman hokimligi va tuman obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli ichki xo’jalik yo’l bo’lib, tuman hokimligi tomonidan manzilli dasturga kiritilgandan so’ng ta'mirlash ishlari olib boriladi». 

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati