Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AHOLI TOMORQALARIGA SAYOHAT

×

 2020-06-05 13:06:09    199

PDF yuklash
Chop etish


KICHIK TOMORQADAN KATTA DAROMAD OLISH SIRLARI

Tomorqada qilingan mehnatning samarasi ko’p jihatlarda ko’rinadi. Avvalo, kaftdek yerda yetishtirilgan mahsulot ro’zg’orning kam-ko’stini to’ldiradi. Shuningdek, tomorqada qilingan oilaviy mehnat katta tarbiyaviy ahamiyatga ega...

Qo’shtepa tumanidagi mahallalarda ko’plab oilalar kaftdek yerdan samarali foydalanib, oilasini farovon qilmoqda, bozorni arzon va sifatli qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan ta'minlamoqda.

Ularning siri nimada ekanini bilasizmi?

Chindan ham, bugun ishning ko’zini biladigan, mehnatdan qochmagan, tomorqasidan unumli foydalangan kishi barakaga erishmoqda. Qo’shtepa tumanida ishni ko’zini biladigan, yer bilan tillashib, tomorqadan mo’maygina daromad topadigan insonlar juda bisyor. Shuning uchun qish fasli bo’lsa ham, bekorchi odamni uchratmaysiz. Aksariyat xonadonlar kichkina tomorqasidan yiliga uch-to’rt bor hosil olmoqda. Bugun dehqonchilikning samarali usullari tez ommalashib bormoqda.

Namuna mahalla fuqarolar yig’ini, Mustaqillik ko’chasida yashovchi Raxmonovlar oilasi tomorqadan unumli foydalanishda ko’pchilikka o’rnak bo’lib kelmoqdalar. Ushbu xonadonda bo’lgan kishini did bilan ekilib, mehr bilan parvarish qilingan gullar, sarxil daraxtlar va toklarni ko’rib bahru dili ochiladi. Bejirimgina gulzorda favvoralarning suv purkashi va ulardan serjilo kamalakning paydo bo’lishini ko’rsangiz, tabiat go’zalligidan bahra olasiz. Xonadon egalari tomorqada asosan uzum, sabzavot yetishtiradi. Tomorqadan keladigan daromadni ko’paytirish uchun bu yil 2 sotixli issiqxona ham qurishib, pomidor ekishdi. Ularning maqsadi 2 sotix yerga ekilgan pomidorning o’zidan 5-6 million so’m daromad olish.

Barcha namunaliklar qatori Raxmonovlar oilasi ham uzum yetishtirishda mirishkor bo’lib ketishgan. Bu yil uzumdan 20 million so’mdan ziyod foyda olishni maqsad qilishgan. Tomorqada ro’zg’orga kerakli sabzavotlar ham ekilib, bo’sh yerdan unumli foydalanilgan. O’tgan yili imtiyozli kredit asosida 10 bosh qo’y olishgan bo’lsa, bu yil 20 boshga yetdi. 

- Bu yil tomorqamizda 2 sotixli issiqxona tashkil etdik, - deydi  tomorqachi Abdurashid Raxmonov. - Issiqxonaga erta bahor pomidor ko’chati ekdik, mana ko’rib turganingizdek daromadga kirdik. Oila a'zolarimiz bilan ishdan bo’sh vaqtimizda tomorqaga qaraymiz. Hozir shuning orqasidan ro’zg’orimiz but. Oilamizdagi fayz-baraka, halol mehnatimizdan. Yaxshi yashash uchun mehnatdan qochmaslik kerak.

Agar yil davomida yerdan uch martagacha hosil olish mumkinligi hisobga olinsa, tomorqa chinakam xazina ekaniga shubha qolmaydi. Mahsulot qancha erta yetishtirilsa, uni qimmatroqqa sotish va ko’proq daromad olish imkoniyati ham shuncha oshadi. Abdurashid Raxmonov aytganidek, faqat mehnatdan qochmaslik kerak.

Darvoqye, ular tomorqada ishlab kam bo’lmayapti. Har yili tomorqadan million-million so’m daromad ko’rishayapti. Ayniqsa, oila boshlig’i Muxtorjon Raxmonov uzum yetishtirishga va qo’y boqishga qiziqadi. Xatto xovlisiga kirishga ham tok ekib, yaxshigina hosil olmoqda. Turmush o’rtog’i Sanobarxon Raxmonova, o’g’illari Abdurashid va Abdurasul, kelinlari Maftunaxon va Shoxsanamxonlarning hammasi hamjihatlikda tomorqada mehnat qilib, farovon turmush kechirishayapti. Ularga hamma havas qiladi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati