Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OILA QO’RG’ONI DARZ KETMASIN

×

 2020-05-21 16:34:41    240

PDF yuklash
Chop etish


Yurtimizda azaldan oila muqaddas qo’rg’on sifatida e'zozlangan. Zero, inson qalbida ahillik, mehr-oqibat tuyg’ulari, ilm-ma'rifatga oshno bo’lish ko’nikmasi, avvalo, shu aziz dargohda shakllana boshlaydi. Bosh qomusimizda oila jamiyatning asosiy bo’g’ini, deb belgilanganligi zamirida ham ana shu milliy qadriyatlarimiz mazmuni mujassam.

Oila mustahkamligi jamiyat mustahkamligining garovi ekan, bu borada oilaviy ajrimlarga yetaklovchi omillarni tahlil etishning hayotiy ahamiyati bor. Oilaviy ajrimlarning salbiy oqibatlarini ko’pchilik, ayniqsa, katta yoshdagilar yaxshi tushunadi. Shu bois har bir insonning suyanchi sanaluvchi bu muqaddas dargohga darz yetmasin, deymiz.

Aynan shu maqsadda Qo’shtepa tumani hokimligi Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’ining 1-o’rinbosari B. Mo’minova, tuman bosh imom xatibi A. Axmadaliyevlar ishtirokida notinch oilalardagi muammo va nizolarni o’rganish hamda bartaraf etish, ajrashish yoqasida turgan oilalarni yarashtirish maqsadida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar va ularning ota-onalari ishtirokida suhbat o’tkazildi.

Tadbir davomida tashrif buyurgan oila vakillari o’zining mavjud muammolari bo’yicha mutaxassislar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, o’zaro fikrlashdilar. Oilalarda yuzaga kelgan iqtisodiy va ijtimoiy muammolarning ko’pchiligi shu joyning o’zida bartaraf etildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati