Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SINOVLI KUNLAPDA XALQ QALBIDA JO’Sh UPGAN QADPIYAT
2020-05-18 09:15:06 171
Mamlakatimizda hozirgi pandemiya sharoitida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo’llab-quvvatlash masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Hududlarda vaqtincha ishlamayotgan va yordamga muhtoj oilalarni aniqlab, ularni manzilli asosda oziq-ovqat va ehtiyoj uchun zarur bo’lgan boshqa mahsulotlar bilan ta'minlash ko’lamini yanada kengaytirish, shunday ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamining yashash sharoitlari yaxshilanishiga yordam ko’rsatish borasida qator samarali ishlar qilinmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar fikrimizning dalilidir.
Farg’ona viloyatidagi bank xodimlari ham Prezidentimizning “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati tashabbusini qo’llab-quvvatladilar. Viloyat Markaziy bank boshlig’i T. Qunduzovning tashabbusi bilan Agrobank ATB Farg’ona viloyat boshqarmasi boshlig’i M. Azimov va DT Xalq bank Farg’ona viloyat boshqarmasi boshlig’i E. Olimovlar tomonidan kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi. Ushbu tashabbusni Agrobank ATB Qo’shtepa filiali boshqaruvchisi A. Akramov va filialning ishchi-xodimlari ham qo’llab-quvvatladilar.
Agrobank ATB Qo’shtepa filiali xodimlari tomonidan ramazon oyida 10 dan ortiq kam ta'minlangan oilalarga 8 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bepul tarqatildi.
“Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati tashabbusini qo’llab-quvvatlashni o’z insoniylik burchi deb bilgan bank xodimlari 4 ta sektor kesimida sayyor ko’chma do’konlar ham tashkil etdilar. 4 ta “Damas” avtomashinasi har bir sektordagi mahallalarda bo’lib, aholi tomorqasi uchun ko’chatlar, mineral o’g’itlar, urug’liklar va ish qurollarini arzon narxlarda yetkazib berdilar. Amalga oshirilayotgan bu tabdirlar albatta karantin qoidalariga amal qilgan holda olib borilmoqda. Aholi esa bugungi murakkab sharoitda tuman bo’ylab tashkil etilayotgan bunday shart-sharoitdan behad mamnun.
Tumanda pandemiyaga qarshi kurashishda faol qatnashib, ehtiyojmand oilalarga beg’araz yordam ko’rsatib kelayotgan bank xodimlari yana bir xayrli ishga qo’l urdilar. Joylardagi kam ta'minlangan, pandemiya sharoitida ishsiz qolgan, ehtiyojmand oilalarni aniqlab, ularga yordam qo’lini cho’zdilar. Xususan, to’rtta sektor hududidagi yordamga muhtoj va imtiyozli kredit oluvchi 75 ta oilalar aniqlandi. Ushbu oilalarga Agrobank ATB Qo’shtepa filiali tomonidan imtiyozli kredit ajratish bo’yicha kredit yig’ma jildlari shakllantirilib, ularga imtiyozli kreditlar ajratib berilmoqda. Xususan, 15.05.2020 yil kuni ushbu oilalarning 30 nafariga imtiyozli kredit mablag’lari hisobidan arzon narxlarda 2 boshdan qo’y yetkazib berildi.
Ta'kidlash kerakki, yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan har bir islohot zamirida, eng avvalo, inson omili, yurtdoshlarimiz manfaati yotganining yana bir bor amaliy isboti bo’ldi.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati tumanimiz bo’ylab keng quloch yoymoqda. Pamazon oyi kirib kelgan qutlug’ kunlarda boshlangan bu tashabbus, sinovli kunlarda har bir yurtdoshimiz qalbida yanada jo’shqinlik kasb etmoqda.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati