Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DEPUTAT IBRATLI OILALAR BILAN UCHRASHDI

×

 2020-05-16 12:19:06    316

PDF yuklash
Chop etish


Oila - jamiyatimizning boshlang’ich bo’g’ini, elimizning go’zal urf-odatlari va  qadriyatlarini o’zida mujassam etgan muqaddas maskandir.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “O’zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, 15 may har yili Xalqaro oila kuni sifatida Respublika bo’ylab keng nishonlanishi belgilab qo’yilgan.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Qo’shtepa tuman Kengashiga saylangan O’zXDP deputati D. Zufarova “Sarmozor” mahalla fuqarolar yig’inining mas'ul xodimlari bilan birga  karantin qoidalariga qat'iy rioya etgan holda ibratli oilalar bilan uchrashib, ularning holidan xabar oldi.

Bo’lib o’tgan qisqa uchrashuvda oilaning muqaddasligi, farzand va ota-onalar burchi, jamiyat taraqqiyotini belgilashda oila mustahkamligining ahamiyati, milliy qadriyatlar va urf-odatlar, sog’lom turmush tarzi haqida so’z bordi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati