Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT BILAN KURASHAYLIK

×

 2020-05-15 10:32:55    289

PDF yuklash
Chop etish


Bugun terrorizm va ekstremizm butun insoniyat hayotiga katta xavf solmoqda. Axborot asri, globallashuv zamonida yoshlarning qalbi va ongini egallash uchun turli g’arazli kuchlar, oqimlar tinimsiz kurash olib bormoqda. Ular qabix niyatlarini amalga oshirish uchun zamonaviy texnikalardan ham unumli foydalanmoqda. Ulardan biri internet va undagi ijtimoiy saytlardir. Teran aql yuritilsa, yon-atrofimizdagi davlatlarda tartibsizliklar aynan ijtimoiy saytlarda tarqatilgan fitnalar orqali yuzaga kelgani ma'lum bo’ladi. Terrorchilarning yolg’on va'dalariga aldangan aksariyat jangarilar ilmsiz va johil kishilardir.

Demak, biz farzandlarimizni doimo yaxshi yomonni ajrata olishga o’rgatishimiz kerak. Ular har qanday ma'lumotni tekshirib, asosli yoki asossizligini aniqlamay turib, o’sha ma'lumotga qarab ish tutish shayton yo’liga kirish bilan barobar ekanini bilishsin.

Birgina misol ISHIDni olaylik ming afsuski ular bugun bu kabi qabih, ishlarini amalga oshirishda muqaddas dinimiz nomidan foydalanmoqda. Ular dinimizga zid bo’lgan fatvolar chiqarib odamlarning dinga nisbatan fikrini o’zgartirishga intilmoqda. Dunyodagi hyech qaysi din qo’poruvchilikni yoqlamaydi. Terrorchilik har doim ham eng og’ir jinoyat hisoblangan.

Bugun O’zbekistonimiz gullab yashnamoqda. Tinchlik omonlik kabi ulug’ ne'mat og’ushidamiz. Albatta, bu ne'matlarning shukrini qilishimiz kerak. Qaysi sohada bo’lmasin, inson yurt tinchligini saqlashga daxldordir. Doimo “G’oyaga qarshi g’oya bilan jaholatga qarshi ma'rifat” bilan kurashishlik eng katta shiorimiz bo’lmog’i zarur.

Abduxoshim Axmadaliyev,

Qo’shtepa tumani Bosh imom xatibi.