Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KAM TA'MINLANGAN VA EHTIYOJMAND OILALAR HAMISHA E'TIBORDA

×

 2020-05-09 15:53:28    115

PDF yuklash
Chop etish


Yaqinda davlatimiz rahbari tomonidan o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida yurtimizda tomorqadan unumli foydalanish uchun barcha shart-sharoitlar mavjudligi, shuningdek, tomorqa katta daromad manbai ekanligi va tomorqadan kamida 2-3 marta hosil olish mumkinligi ta'kidlangan edi.

Ayni kunlarda Qo’shtepa tumanida bu borada amaliy ishlar olib borilmoqda. Mahallalarda kam ta'minlangan va ehtiyojmand aholini o’z tomorqasida band qilish va yordam berish maqsadida ularning tomorqasiga 1 sotixli bepul issiqxonalar qurish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu ishlar tuman Mahalla va oilani qo’llab quvvatlash bo’limi va mahalla fuqarolar yig’inlarining mas'ul xodimlari tomonidan olib borilmoqda. Tumandagi saxovatpesha tadbirkorlar va fermerlar issiqxona qurilishida o’zlarining beminnat yordamlarini qo’shmoqdalar.

Zero bu issiqxonalar kam ta'minlangan va ehtiyojmand oilalarning yiliga o’z tomorqasidan 2-3 marotaba hosil olishi va daromad topishi uchun zamin yaratadi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati