Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FAXRIYLAR SHARAFLANDI
2020-05-09 14:30:50 191
Ikkinchi jahon urushi yillarida yosh va navqiron yigit bo’lib, front ortida mehnat qilgan insonlar hozir yuz bilan yuzlashib qolgan, turmushning har qanday sinovlariga urush va tinchlik mehvaridan baho beruvchi donishmandlarga aylanishgan.
Joriy yilda fashizm ustidan qozonilgan g’alabaning 75 yilligi munosabati bilan urush va front orti qatnashchilariga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Bugun “Xotira va qadrlash kuni” Qo’shtepa tumanida istiqomat qilayotgan mehnat faxriylariga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Rossiya Federatsiyasi tomonidan yuborilgan "Ikkinchi jahon urushidagi g’alabaning 75 yilligiga" esdalik yubiley medallari topshirildi.
Medallarni Qo’shtepa tumani hokimi Ilyosbek Novikov, tuman mudofaa ishlari boshlig’i Jo’rabek Sultonov hamda sektor rahbarlari Xo’jaqishloq mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi Usmonali ota Turg’unov hamda Qiyqi mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi Abdullajon ota Alyarovlarning xonadoniga borib, taqdim etishdi.
Qisqa samimiy suhbat chog’ida urush xotiralari, front ortida kechgan yoshlik, o’zbekistonliklar taqdiri, bugungi tinch va osoyishta zamon, xotirjamlik va to’kinlikda o’tayotgan har bir kun uchun shukronalik haqida so’z bordi.
Nuroniylar ona yurtga tinchlik, elimizga salomatlik, dasturxonlarimizga farovonlik tilab duo qildilar.
Afsuski, urush faxriylarining safi yildan yilga kamayib bormoqda. G’animatlarimiz holidan xabar olish, avlodlar oldidagi bemisl xizmati uchun minnatdorlik bildirish burchimizdir. Zero, ular har doim e'zozdalar. Yurtimizda karantin joriy etilgan bo’lsada, tumanimizdagi nuroniylar va faxriylarning salomatligi hamda muammolari muntazam ravishda masofadan nazorat qilib borilmoqda. Qolaversa ulug’ ayyomda ularga hurmat va ehtirom ko’rsatilib, tuman "Mahalla" hayriya jamoat fondi qoshidagi "Saxovat va ko’mak" jamg’armasining 12 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari jamlamasi topshirildi.
Qo’shtepa tumanidagi har ikki faxriy ham farzandlar va nabiralar ardog’ida umrguzaronlik qiladi. Ularga tuman hokimligi va тibbiyot birlashmasi tomonidan doimiy g’amxo’rlik ko’rsatiladi. Tuman hokimining bugungi tashrifi chog’ida ham faxriylarimizga hokimlikning esdalik sovg’alari va "Mahalla" hayriya jamoat fondi qoshidagi "Saxovat va ko’mak" jamg’armasining 12 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari jamlamasi topshirildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati