Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XAYRLI TASHABBUS-QO’SHTEPA TUMANI MAKTABGACHA TA'LIM BO’LIMI TOMONIDAN HAM QO’LLAB-QUVVATLANMOQDA!

×

 2020-05-08 17:40:59    122

PDF yuklash
Chop etish


Muhtaram Prezidentimiz xalqimizning tarixiy va ma'naviy qadriyatlarini, mehr-saxovat, oqibat va himmatlilik fazilatlaridan kelib chiqqan holda “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakatini yo’lga qo’yish tashabbusini ilgari surdilar. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ushbu tashabbusni Qo’shtepa tumanidagi saxovatpesha insonlar bir ovozdan “labbay” deb qo’llab-quvvatlagan holda, amaliy ishlarni boshlab yuborishdi.

Bugun Qo’shtepa tumani maktabgacha ta'lim bo’limining saxovat karvoni tuman «Saxovat va ko’mak» markaziga yetib keldi. Ushbu oziq-ovqat mahsulotlari markazda tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari tomonidan dezinfeksiyadan o’tkazilib, sanitariya gigeniya qoidalari asosida qadoqlandi.

Tuman maktabgacha ta'lim tizimi tomonidan 51 ta xonadon uchun tayyorlangan 11 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari jamlamasi ushbu tizimda fidokorona mehnat qilgan faxriylarga hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yetib bordi. Tuman hokimligi mahalla va oilani qo’llab quvvatlash bo’lim boshlig’i o’rinbosari Barnoxon Mo’minova va tuman maktabgacha ta'lim bo’limi mudirasi Iqbolxon Maxmudovalar mahallalarda bo’lib, mehnat faxriylari va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xolidan xabar olib, oziq-ovqat jamlamasini o’z egalariga topshirdilar.

Xomiylik yordami maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar va tadbirkorlarning beminnat yordamlari asosida tashkillandi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati