Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KORONAVIRUS TUFAYLI ISHSIZ QOLGAN, KAM TA'MINLANGAN, EHTIYOJMAND OILALAR TUMAN HOKIMI E'TIBORIDA

×

 2020-05-07 23:00:25    142

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumanida “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati doirasida aholiga yordam berish, ishsizlarni ish bilan ta'minlash borasida samarali chora-tadbir rejalari ishlab chiqilib, hududlarda xayriya ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tumandagi mavjud 4 ta sektorlar tomonidan ishsiz, kam ta'minlangan va ijtimoiy ko’makka muhtoj aholi ro’yxati shakllantirilib, ularga tuman "Mahalla" hayriya jamoat fondi qoshidagi "Saxovat va ko’mak" jamg’armasi tomonidan yordam ko’rsatilmoqda.

Qo’shtepa tumani hokimi I. Novikov ham aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamining yashash sharoitlarini o’rganish, ularga oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatish maqsadida tumandagi 1-sektor hududidagi mahalla fuqarolar yig’inlariga bormoqda.

Tuman hokimi I. Novikov bugun mutasaddi idora rahbarlari bilan birga G’ishtmon, Qizilariq, Namuna mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib, ipak qurti parvarishlayotgan pillakorlar bilan uchrashdi. Karantin  tufayli ishsiz qolgan fuqarolarning oilalarini o’rganish, ularga yordam berish choralarini ko’rish, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning xonadonlarida bo’lib, ularni qiynayotgan muammolarni tinglash bilan birga, ularga 12 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari jamlamasini tarqatdi.

I. Novikov tomonidan aholi tomorqalarining har bir qarich yeridan samarali foydalanish lozimligi va bu ishlarda xonadon egalariga yordam berishga doim tayyor ekanliklari ta'kidlandi. Shuningdek, muhtoj oilalarni moddiy qo’llab-quvvatlash va aholi bandligini ta'minlash masalalarida soha mutasaddilariga tegishli topshiriqlar berilib, karantin sabab vaqtincha ishsiz qolgan va hyech qayerda ishlamaydigan fuqarolarga tuman hokimi tomonidan ishga joylashga ko’maklashildi.

Tumandagi 4 ta sektor rahbarlari, shuningdek ko’ngilli homiylar tomonidan sahovat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati